Limon, mandarin va apelsin
S vitaminiga boy mahsulotlarni har kim ham po’sti bilan iste’mol qilolmaydi. Lekin po’stlog’idan ko’pgina uy bekalari unumli foydalanishlari sir emas. Sitrus mevalarining quritilgan sedrasi pishiriq xamiri va murabbolarga o’zgacha yoqimli ta’m bag’ishlaydi.
Anor
Bu mevani po’sti bilan iste’mol qilish mumkin, demaymiz. Shunchaki meva ichidagi donachalardan tashqari qattiq po’stloq ham foydali ekanligini yana bir karra eslatib o’tmoqchimiz. Anor po’sti stafilakokk hamda antibiotiklar bilan davolanadigan bir qancha infeksiyalarga qarshi davo vositasi sanaladi. Ammo biz uni diareyaga qarshi vosita sifatida yaxshi bilamiz. Anor po’sti hamda novvot qaynatmasi ich ketishiga qarshi ishonchli vositadir
Sarimsoqpiyoz
Uning ustki qavati keksalikni bartaraf etuvchi antioksidantlarga boy sanaladi. Agar oshga yoki dimlama taomlarga uni po’sti bilan solish odatingizga baham bermasangiz kifoya.