20 aprel kuni Yer aholisi noyob astronomik hodisaga – Quyoshning gibrid tutilishiga guvoh bo’ladi. Bu haqda Space xabar berdi.
Gibrid tutilish halqali tutilish deb ataladi, bunda Oy soyasining Yer yuzasi bo’ylab o’tgan yo’li o’rtasida quyosh to’liq tutiladi. Mazkur jarayon quyidagi ko’rinishda aks etadi:
Bu 2023 yildagi birinchi quyosh tutilishidir. Uni Janubi-Sharqiy Osiyo, Sharqiy Hindiston, Avstraliya, Filippin, Hind va Tinch okeanlari suvlarida va Antarktidada kuzatish mumkin bo’ladi. Shunga qaramay, O’zbekiston aholisi uni onlayn kuzatish imkoniga ega. Bu Avstraliya observatoriyasi (Gravity Discovery Centre) tomonidan tashkil etilgan:
So’nggi gibrid quyosh tutilishi 2013 yilda sodir bo’lgan. Keyingi tutilish 2031 yilda sodir bo’ladi. Shundan so’ng uni 2164 yil 23 martgacha kutish kerak bo’ladi.