Sadio Mane Leroy Saneni urgani uchun “Bavariya” tarixidagi eng katta jarimani to'laydi

“Bavariya” yarim himoyachisi Sadio Mane Leroy Saneni urgani uchun nemis jamoasi uni qancha jarimaga tortgani ma’lum.

Senegallik qilmishi uchun 350 ming yevro miqdorida jarima to’laydi. Bu nemis jamoasi tarixidagi eng katta jarima hisoblanadi.

Bunga qadar eng yirik jarimani Frank Riberi 2012 yilda to’lagandi. O’shanda fransuz 50 ming yevro jarima to’lagan.