AQShning Global Petrol Prices tahliliy nashri benzin narxi eng arzon bo’lgan mamlakatlar reytingini tuzdi. Ushbu reytingda O’zbekiston 18-o’rinni egalladi.

Benzin eng arzon mamlakat Venesuela bo’lib, ushbu davlatda benzinning bir litri narxi 1 sentga baholangan.

Sudan ($0,13), Eron ($0,29), Quvayt ($0,34), Jazoir ($0,35) va Nigeriyada($0,41) ham benzinning o’ta arzon narxi qayd etilgan.

Markaziy Osiyo hududida reytingning birinchi o’rnini Turkmaniston ($0,43) egalladi.

Birinchi o’ntalikning to’qqizinchi o’rnini Ozarbayjon ($0,47) va 10-o’rnini Qozog’iston ($0,48) egalladi.

Reytingda Qirg’iziston ($0,67) 23-o’rin, Rossiya ($0,68) 26-o’rindan joy oldi.

Reytingga kiritilgan dunyoning 150 mamlakati o’rtasidagi eng yuqori narxlar Gonkong ($2,04) va Monakoda ($1,98) kuzatilgan.

Manba: UzA.uz