O'zbekiston baxtlilik darajasi bo'yicha jahonda 53-o'rinda

Markaziy Osiyoda esa Qozog’istondan keyin II o’rinda

“World Happiness Report 2022” hisobotida aytilishicha, eng baxtli odamlar Finlyandiyada, eng baxtsizlari esa Afg’onistonda yashaydi. Jami 146 davlat baholandi.

1️⃣Qozog’iston 40-o’rinda,
2️⃣O’zbekiston — 53,
3️⃣Qirg’iziston — 64,
4️⃣Turkmaniston — 78,
5️⃣Tojikiston — 83.

Baholash uchun 6 ta omildan foydalanildi: aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, umr ko’rish davomiyligi, fuqarolarning o’z hayotiy qarorlarini qabul qilish erkinligi, saxovatlilik va korrupsiyaga munosabat.