Sheva desa, muxlislar o’zlarini tomdan tashlashardi. Biroq Sheva, «Chelsi»ga o’tdi-yu, «sindi». Uni Mourinyo zaxiraga «mixlab» qo’ydi. Va har har zamonda qarg’a «qag’», etganda bir marta maydonga tushirib turdi. Natijada, Shevchenkoning iqidori, futbolga, o’ynashga bo’lgan qiziqishi o’z o’zidan sinib qoldi… Endi shu narsani portugaliyalik qarri tullak Eldorga nisbatan ishlatayapdi. Sotib sotib yubormaydi. Bunday o’yinga ham tushirmaydi. Oqibatda, Shomurodov kundan kunga sovub borayapdi… Ishqilib, Eldorni irodasi mustaxkam bo’lsinda. Ishqilib, u Shevaga o’xshab qolmasin. Aks holda, bitta zo’r iste’dodimizni boy berib qo’yishimiz hech gapmas…
Izohlarni ko`rish