Benzema La Liga to'purarlar ro'yxatida yuqorilashda davom etmoqda

Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatining 3-turidan o’rin olgan “Espanol”ga qarshi o’yinda (3:1) ikkita gol urdi.

Shu tariqa, endilikda 34 yoshli fransiyalik futbolchi hisobiga La Liganing 417 ta uchrashuvida 222 ta gol urdi – u Sesar Rodrigesni (353 ta o’yinda 221 ta gol) ortda qoldirdi va to’purarlar ro’yxatida yettinchi o’ringa chiqib oldi. Oltinchi qatorda Alfredo Di Stefano (329 o’yinda 227 gol). La Ligada gol urish bo’yicha rekordchi «Barselona»ning sobiq hujumchisi Lionel Messi bo’lib, u 520 o’yinda 474 ta gol urgan.

Joriy mavsumda Benzema Ispaniya chempionatida 3 ta o’yin o’tkazib, 3 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.