O'zbekiston 9 ta davlatga sarimsoqpiyoz eksport qilgan

 Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekiston 2021 yilning yanvar-avgust oylarida qiymati 2,6 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan 2,5 ming tonna sarimsoqpiyoz eksport qilgan.

Sarimsoqpiyoz eksporti o’tgan  yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 765,7 tonnaga oshgan.

2021 yilning 8 oyida O’zbekiston sarimsoqpiyoz eksport qilgan asosiy davlatlar:

🔷 Rossiya – 1,3 ming tonna

🔷Qozog’iston – 625 tonna

🔷 Qirg’iz R. – 326 tonna

🔷 Ukraina – 190 tonna

🔷 Turkmaniston – 70 tonna

🔷 Mongoliya – 36 tonna

🔷 Belarus – 16 tonna