O'zbek olimlari qimmatbaho metallar yashirin konlarini topishning noyob usulini yaratdi 1

O’zbek olimlari qimmatbaho metallar yashirin konlarini topishning noyob usulini yaratdi

O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg’or texnologiyalar markazi ilmiy xodimlari Shotlandiyaning Glazgo shahridagi Mineral konlar amaliy geologiya jamiyati konferensiyasida ishtirok etdilar. Mineral konlar amaliy geologiyasi jamiyati (SGA) – foydali qazilma konlarining geologiya fanini targ’ib qiluvchi xalqaro ilmiy jamiyatdir. SGA 1965 yili tashkil etilgan bo’lib, jahonning 1300 nafardan ortiq ilm-fan vakillari va tog’-kon sanoati vakillari uning a’zolaridir. Jamiyat matbaa (tog’-kon va iqtisodiy geologiya bo’yicha dunyodagi eng yetakchi nashrlardan bo’lmish “Mineralium Deposita” jurnalini chop etadi) va ta’lim faoliyati bilan ham shug’ullanadi, shuningdek, ikki yilda bir xalqaro konferensiya o’tkazadi.

2019 yilgi SGAning 15-konferensiyasida 75 davlat vakillari ishtirok etdilar. Mazkur nufuzli konferensiyada Ilg’or texnologiyalar markazi direktor o’rinbosari, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi Rustam Xolmatov birinchi marta O’zbekiston nomidan ma’ruza qilishga muyassar bo’ldi. Uning nutqi xorijiy hamkasblar orasida qiziqish uyg’otdi.

R. Xolmatov anjuman ishtirokchilariga Ilg’or texnologiyalar markazi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan qimmatbaho metallar yashirin konlarini qidirish, tiplashtirish va baholashning mineral-geokimyoviy nanotexnologiya usuli haqida so’zladi. Mazkur usul qimmatbaho metallarning yangi konlarini topish imkonini beradi. Gap shundaki,bugungi kunda sirtki qatlamdagi barcha konlar allaqachon topilgan bo’lib, endigi maqsad – qimmatbaho metallarning yashirin konlarini topishdir, deb ta’kidladi Rustam Xolmatov.

Konferensiyada, shuningdek, Ilg’or texnologiyalar markazining Geofizika va nanominerologiya laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi, professor Rustam Koneev poster ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Uchrashuv yakunlariga ko’ra olimlarimiz xorijiy hamkasblar bilan yangi aloqalarni o’rnatib kelishdi. Chexiya Geologiya xizmati bilan qo’shma tadqiqotlar bo’yicha muzokaralar olib borildi.

O’zA

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *