XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

HOMILADORLIK HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Agar ayollarda homiladorlik davri 38-42 hafta davom etsa, bu me’yor hisoblanadi. Bundan kam davom etsa, homila yetilmagan, oshib ketsa kech tug’ilgan hisoblanadi.

2. Eng uzoq davom etgan homiladorlik davri 375 kunga teng bo’lgan. Ammo bola shunda ham me’yoriy vazn bilan dunyoga kelgan.

3. Eng qisqa davom etgan homiladorlik davri esa bir kuni kam 23 haftani tashkil etgan.

4. Homiladorlikning dastlabki oylarida 80 foiz ayollargina boshqorong’i bo’ladi. Qolgan 20 foiz ayol bu muammoga duch kelmaydi.

5. Ayol homilador bo’lgach, organizmida gormonal qayta qurish jarayoni boshlanadi. Shu sababli homilador ayolning sochlari tezroq o’sa boshlaydi, tovush tembri pastlab ketadi. Kayfiyatlar sakrashi, ishtaha qo’zg’alishi kuzatiladi.

6. Homila ilk harakatlarni sakkizinchi haftadan sodir eta boshlaydi. Ammo bo’lg’usi onalar bolasining harakatlarini o’n sakkiz — yigirmanchi haftadagina his etadi.

7. Bola ona qornidalik paytida nafaqat sakrab o’ynaydi, balki kuladi ham. Ayniqsa, onasining xursandligini sezgach, u kulgidan o’zini tutib tura olmaydi.

8. Homilaning jinsi 16 haftagacha ma’lum bo’lmaydi. Buni UZI ham ko’rsatib bera olmaydi.

9. Homila emishni ona qornidayoq o’zlashtiradi. U tug’ilgunga qadar o’zining katta barmog’ini so’rib yotadi.

10. Bolakay ovozlarni 18 haftalik paytidan eshita boshlaydi.

11. 20-21 haftalik bo’lgach, homila ta’mlarni ajrata boshlaydi.

12. Homila atrofidagi suvdan icha boshlaganda, uni hiqichoq tutadi. Homilador ayol bu holatni ritmik titrashga o’xshash harakatlardan anglasa bo’ladi.

13. Homiladorlikning ikkinchi yarmida homila bir kecha-kunduzda bir litrgacha suv ichadi.

14. Homiladorlik davrida ayol organizmidagi qon miqdori 150 foizgacha ko’payadi. Qon bola tug’ilish arafasida sezilarli darajada quyuqlashadi.

15. Janubiy Koreyada bolaning yoshiga homiladorlik davri ham qo’shiladi.

16. Eng og’ir vaznli bola Italiyada dunyoga kelgan. Bu bola onadan tug’ilganda, bo’yi 76 sm, vazni 10, 2 kilogrammga teng bo’lgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi