1. Asal 50°C issiqdan so’ng o’z foydali xususiyatlarini yo’qotadi.
2. Jahon chempionatining finalida eng ko’p to’qnash kelgan jamoalar Brazilya va Germaniya terma jamoalaridir.
3. Keniyaning Nayrobi shaxridagi hayvonot bog’idagi timsohlar bor basseyni yonida shunday yozuvlar bitilgan: «Iltimos, timsohlarga narsa tashlamang. Aks xolda o’zingiz olib chiqasiz».
4. Chingizxon – Mo’g’ullar davlatining asoschisi. Bosqinchi hukmdor shu qadar shafqatsiz va beraxm bo’lganki, hatto Gitler ham uning oldida oddiy havaskordek tuyiladi.
5. Mozambik davlati qashshoq davlatlar qatorida bo’lgani uchun ularda bazi joylarda vokzallar qurishga mablag’ yo’q. Poezd to’xtatishi kerak bo’lgan joylar esa tuz bilan belgilab qo’yilgan.
6. Gitler Uinston Cherchillni shokoladga joylangan bomba yordamida o’ldirmoqchi bo’lgan.
7. «Kelajak – unga bugundan tayyorgarlik ko’rganlarga tegishlidir».
8. Gerbert Chepmen “The Arsenal” klubi nomini Division One (hozirgi Premer liga)dagi alfavit tartibida tuzilgan ro’yxatda birinchi o’rinda turishi uchun “Arsenal” deya o’zgartirgan.
9. Chingizxon dushmanlarining ko’zi va quloqlariga eritilgan kumush quydirgan. Bundan tashqari u odamlarni umurtqasi sinmagunicha piyozga o’xshab bukishlarini ham sevib tomosha qilgan. G’alabani ular dushman tanasi ustida turib nishonlashgan. Bunda mo’g’ullar ularning tanasi ustiga doska va stollar qo’yishgan, so’ng ustiga chiqib, qurbon ezilib o’lguniga qadar ichkiliklar ichishgan.
10. Amsterdam piyonistalarga pivo bilan haq to’laydi. Shahar ko’chalarini tozalagan piyonista 10 €(EVRO), yarim qadoq tabak va 5 banka pivo oladi.