OQQUSh HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Oqqush o’rdakburunlar oilasiga mansub.

2. Oqqush o’zining go’zalligi, uzoq umr ko’rishi bilan boshqa qushlardan keskin farqlanadi.

3. U Yevropadagi eng yirik suvda suzuvchi qush hisoblanadi.

4. Turidan qat’i nazar oqqushning uzunligi 120-180 sm, vazni 15 kilogrammgacha yetadi.

5. Bu qushlar yerda yurishni xush ko’rmaydi. Asosan suvda harakatlanadi.

6. Oqqushning erkagi va urg’ochisi deyarli bir-biridan farqlanmaydi. Faqat hajmi va vazni bo’yicha farqlanishi mumkin.

7. Oqqush ayrim qushlarga o’xshab juftiga sodiq emas. Jufti o’lsa, u o’ziga boshqa juft topib yashayveradi.

8. Oqqush tanasida 25 mingtadan ortiq pat mavjud. Pat tushish mavsumida juda ko’p patidan judo bo’ladi. Shuning oqibatida ma’lum muddat parvoz qila olmaydi.

9. O’rdakburunlar oilasida oqqushlar o’zining uzun bo’yni bilan ajralib turadi. Qora oqqushning bo’ynida 23 ta umurtqasi bor.

10. Patlari shu qadar mustahkamki, oqqushga o’ta sovuq iqlimda ham sovqotmaslik uchun yetarlicha imkon yaratadi.

11. Oqqushning ko’rish imkoniyati juda yuqori. Bu suv ostida ham o’ljasini darrov payqash, kushandalardan o’z vaqtida ogoh bo’lib qochib qolishni ta’minlaydi.

12. Oqqushlar rekord darajadagi balandlikda, aniqrog’i, 8500 metr yuqorida ham sira qiynalmasdan uchadi.

13. Oqqush uy sharoitida 30 yilgacha umr ko’radi.

14. Oqqushlar o’z to’dasiga juda mehribon. Masalan, qarindoshidan kimdir xastalanib qolsa, to tuzalmaguncha o’zga hududlarga uchish amalini ortga suradi.

15. U inni o’zgalar nazaridan pana joyga quradi. Yirik suv havzalarining o’t-o’lanlar qalin joyini tanlaydi.

16. Qora bo’yin oqqush soatiga 65 km tezlikda uchadi.

17. Urg’ochi oqqush 4 tadan 8 tagacha tuxum qo’yadi. Bolalari 35 kun deganda dunyoga keladi.

18. Qora oqqush boshqalaridan farqli o’laroq, yovvoyi tabiat qo’ynida 10 yilgacha umr ko’radi.

19. Oqqush bolalari yungdor ko’rinishda tug’iladi. Tug’ilganda ularning rangi kulrang bo’ladi. Uch yildan keyingina doimiy rangga ega bo’ladi. Dunyoga kelgach, oradan bir necha kun o’tib oqqushchalar ota-onasi bilan birga suvda bemalol suzib yura oladi. Oqqushlar oilasi bir-biri bilan juda inoq. Bolalari tug’ilgandan keyin uzoq yillar ota-onasi bilan birga hayot kechirishi mumkin.

20. Xavf tug’ilsa, oqqush o’zining baquvvat qanotlari bilan bir urib kushandasining suyaklarini sindirib tashlaydi.

21. Oqqushchalari bo’lsa, ota-onasi ularni himoya etish maqsadida o’ta agressiv qushga aylanadi.

22. Oqqushlar qo’lga juda tez o’rganadi. Ularni yaxshilab boqsangiz bas, hech qachon ketib qolishmaydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi