* * *
Savol:
— Ko’chada badavlat va kambag’al soliqchi, Yalmog’iz kampir ketib borishardi. Kutilmaganda yerda yumalab yotgan bir dasta dollarni ko’rib qolishdi. Xo’sh, kim bu pullarni yerdan ko’tarib oladi?
Javob:
— Albatta badavlat soliqchi.
— Nega?
— Negaki, kambag’al soliqchi va Yalmog’iz kampir ertak qahramonlari hisoblanadi.
* * *
Arximed o’z formulalarini ko’zdan kechirib turibdi-da, nihoyat bir qarorga kelibdi:
— 40 darajali suyuqlik yuborilgan tanaga hech qanday qonunning ahamiyati bo’lmaydi.
* * *
Bolakay o’rtog’iga dedi:
— Buvim oltmish yoshida besh chaqirim uzoqlikka piyoda yurib borardi. Hozir to’qson yettiga kirdi. Lekin qaerdaligini haliyam aniqlay olganimiz yo’q.
* * *
Haydovchi hamkasbiga dedi:
— Men yangi «antiradar» sotib oldim.
— Nima karomat ko’rsatarkan?
— Yo’l patrul xizmati xodimlari turgan yerga 300 metr qolganda «Pulni tayyorla! Pulni tayyorla!» deb baqiradi.
* * *
Besh yashar bola onasidan so’radi:
— Oyi, qaysi ko’ylagimni kiyay?
— Kalta yenglisini. Nimaydi?
— Qo’limni qaerigacha yuvishni bilishim kerak-ku!
* * *
Tibbiyot institutida.
— Domla, bizga zachyot qo’yib bering. Mana, shokolad olib keldik!
— Nima? Qanaqa shokolad? Bu yerda bemorning taqdiri hal bo’lyapti. Bu narsa kamida tortga tortadi!
* * *
Jarroh bemorga dedi:
— Afsuski, o’pkangizni olib tashlashga to’g’ri keladi!
— Ie, o’pkam kasal emas-ku!.. Hech qachon qilt etmagan o’pkam!
— Bilaman, ishonaman. Ammo siz ham tushuning. Jigarni qandaydir yo’l bilan ichingizga sig’dirishim kerak-ku!
* * *
Tunda o’g’rilar rossiyalik bokschi Nikolay Valuyevning uyiga kirib, hamma narsani — og’ir mushtlarni, qo’rquv, og’riq va kamsitishlarni olib chiqib ketishdi.
* * *
Kompyuterchi yigit jonivorlarni sevardi. Bir kuni sevgan qizini uyiga olib kelib xonadoni bilan tanishtira boshladi:
— Manavi uychada itim yashaydi. Mana bu qafasda to’ti yashaydi…
Oxirida disketani qo’liga oldi-da, dedi:
— Bu yerda esa viruslarim istiqomat qilishadi.
* * *
— Qorbobo, Qorqizning turmushga chiqayotgani rostmi?
— Yo’q. U turmushga chiqsa, hayajondan erib ketishi mumkin.