Bugungi kunda oq sochlar ilgarigidek, qarilik belgisi hisoblanmaydi. Chunki oq sochlar nafaqat keksa va o’rta yoshli insonlarda, hatto yosh qizlarda ham uchrab turadi. Bunday holatga qattiq ruhiy siqilish, gormonal muammolar, nasliy omillar sabab bo’lishi mumkin.
Hozirgi paytda oq sochlardan qutulish oson. Chunki istalgan do’kondan ularga qarshi bo’yoq topish mumkin. Lekin ular to’liq kimyoviy tarkibga ega. Qolaversa, sochning holati va salomatligiga ham putur yetkazadi. Ayrimlar esa bo’yoqlardagi kimyoviy moddalar beradigan allergiya sabab undan foydalana olishmaydi ham. Men taklif etayotgan variant esa hammaga birdek mos keladigan, hech qanday zarar ko’rilmaydigan, topish va qo’llash ham oson bo’lgan kartoshka qaynatmasi. Uni tayyorlash uchun 5 dona kartoshkaning po’stini archib, ana shu po’choqlar 5-10 daqiqa qaynatiladi. So’ng suvini to’kib, qaynatilgan po’choqlar ustiga 2 stakan suv quyamiz va yana 5 daqiqa qaynatamiz. Kartoshka suvi biroz sovigach, sizdiramiz. Keyin birorta rozmarin yoki lavanda kabi o’simliklarning xushbo’ylashtiruvchi moyidan ozgina qo’shib, ushbu vositani oq sochlarga surtamiz. Shunda mo»jiza yuz beradi! Oq sochlar bir lahzada qorayadi.