1. Oltin favqulodda yumshoq va og’ir metall. Uning qattiqligi odam tirnog’i qattiqligi bilan baravar. 46,2 santimetrga ega oltin shar esa 1 kilo vaznga ega bo’ladi.
2. Oltin shu qadar egiluvchanki, undan ip, qalinligi 100 nanometrga teng qog’oz ham yasash mumkin.
3. Oltin tibbiyotda ham revmatoid artrit va shu kabi boshqa xastaliklarni davolashda muhim ahamiyat kasb etadi.
4. Oltin topilgan kundan to shu vaqtga qadar odamlar yer ostidan bu qimmatbaho metallning 161 000 tonnasini qazib olishga muvaffaq bo’lishdi xolos.
5. Oltin hozirgi kunda dunyo iqtisodining asoslaridan biriga aylangan.
6. Aytishlaricha, sayyoramizga tegishli oltin zahirasining 80 foizi hanuz yer ostida qolmoqda.
7. Bir unsiya oltinni ip kabi cho’zilsa, uzunligi 80 kilometrga teng bo’ladi.
8. Dunyoda qazib olingan eng yirik oltin bo’lagi 72 kilogramm vaznga ega bo’lgan. U deyarli yer ustida yotgandi. Bu oltin bo’lagiga “Salom, notanish odam” deya nom berilgan.
9. Oltin odamda hech qachon allergik xastaliklarni qo’zg’atmaydi. Shunday ekan, undan tayyorlangan taqinchoqlarni allergiyaning eng og’ir formasiga yo’liqqan odam ham taqib yurishi mumkin.
10. Olimpiya o’yinlari g’oliblariga hadya etiladigan oltin medallarni ancha yillardan beri oltindan tayyorlamay qo’yishgan. Medal tarkibida oltin miqdori atigi 6 grammni tashkil etadi xolos.
11. Ilk oltin tangalar eramizdan avvalgi 560 yili qadimiy Lidiya davlatida zarb etilgan.
12. 1532 yili ispaniyaliklar Inklar qiroli Ataxuollpni asirga olishdi. Qirol agar qo’yib yuborishsa, hajmi 7×5,5 metrli xonani sof oltin bilan to’ldirib berishini aytdi. Ispanlar rozi bo’lishdi. Qirol ham va’dasining ustidan chiqdi. Lekin ispanlar oltinni qo’lga kiritgach, qirolni baribir qatl etishdi.
13. Amerikaliklar Oyga qo’ngan astronavtlarni radiatsiyadan himoya qilish uchun ularning skafandrini to’liq oltindan tayyorlangan yupqa yaltiroq qog’oz bilan o’rab chiqishgan.
14. Olimlarning hisob-kitobiga ko’ra hozir okean tubida 10 milliard tonnadan ziyod oltin bor. Ammo uni chiqarib olishni hatto Amerika ham uddalay olmayapti.
Olimjon HAYIT tayyorladi