* * *
— Men uzoq vaqt o’yladim. Lekin baribir uylandim. Kir yuvish, oshxonada ovqatlanish va yirtiq paypoqda yuraverish jonimga tegib ketdi.
— Qara-ya, men xuddi shu sabab tufayli xotinim bilan ajrashgandim.
* * *
Yangi boyga vrach kasali og’irligini, bir yilgina umri qolganini aytgach, u folbinga kirib maslahat so’radi.
Folbin unga shunday maslahat berdi:
— Sen «Mersedes»ingni sotgin-da, o’rniga «Zaporojes» sotib ol. Xotining bilan ajrashib, gadoymi, piyonistami, shunga o’xshaganiga uylan. Uyingni sotib shahar chetidan kichik bir uycha ol.
— Shunday qilsam, uzoqroq yashaymanmi?
— Yo’q, o’sha qolgan bir yil umring yuz yilga tatiydi.
* * *
Direktor yordamchisi lavozimiga ishga kirayotgan erkakdan so’rashdi:
— Tasavvur qiling. Ikki kishilik mashinada ketayapsiz. Yo’lda uch yo’lovchi sizni to’xtatib, olib ketishni iltimos qildi. Ularning biri rahbaringiz, ikkinchisi o’rta yashar ayol, uchinchisi yosh qiz. Qanday yo’l tutardingiz?
— Mashinadan tushib kalitni rahbarimga berardim va o’rta yashar ayolni olib ketishini iltimos qilardim. O’zim esa, yosh qiz bilan qolardim.
* * *
— Sizga nima bo’ldi?
— Lotoreyaga o’n million so’m yutib oldim. Lekin xotinga aytishga qo’rqayapman.
— Nega qo’rqasiz?
— Chunki, u baribir meni yigirma million yutgan deb o’ylaydi.
* * *
Qimorboz avtobus bekatida turgancha yonidagi o’smirga so’z qotdi:
— Qiziq zamonlar bo’ldi-da!.. Hozirgi yoshlar turmush o’rtog’ini kompyuter yordamida qidirib topayotganmish.
— O’zingiz-chi? Kennoyimni qanday topgansiz?
— Menmi?.. Uni qartada yutib olganman.
* * *
Psixiatr mijozidan so’radi:
— Ayting-chi, sizdayam shunday narsa bo’lib turadimi? Masalan, qandaydir ovozni eshitasiz-u, kim gapirayotganini, ovoz qaerdan kelayotganini bila olmay halak bo’lasiz?
— Ha.
— Qachon shunday bo’ladi?
— Telefon go’shagini ko’targanimda.
* * *
Xasis tanishiga dedi:
— Oshna, sen qarzingni talab qilsang, men juda xavotirga tushaman. Qarzni uzmasam, sen xavotirga tushasan. Kel, shundan ko’ra ob havo haqida gaplasha qolaylik!
* * *
O’quv mashg’ulotlari paytida leytenant askarni chaqirib dedi:
— Hov anavi temir yo’l vokzalini ko’rayapsanmi? Shunday qilginki, vokzaldan hech kim foydalana olmasin!
Oradan ikki soat vaqt o’tgach, askar kelib buyruq bajarilgani haqida axborot berdi.
Leytenant:
— Yasha! Qanday uddalading? Nima qilding?
— Mana, shu sumkaning ichiga barcha yo’l chiptalarini berkitib qo’ydim.
* * *
Serjant askardan so’radi:
— Ichishga suving bormi?
— Albatta bor, akaxon!
— Vey, unvoni yuqori shaxs bilan qanday gaplashish kerakligini bilasanmi?
— Bilaman… Uzr, o’rtoq serjant, ichishga suvim yo’q.
* * *
Erkak do’stiga maqtanayapti:
— Kecha zo’r ish qildim. Shartta boshliqning xonasiga kirib bordim-da, stoliga mushtladim.
— Keyin-chi?
— Shu ishni zap vaqtida qilibman. Sal o’tib boshliq safardan qaytib keldi.
* * *
Yigit uchrashuvga chiqib sevgan qiziga dedi:
— Lolaxon, ikkalamizning o’zaro munosabatlarimizda bir muammo paydo bo’ldi.
— Qanaqa muammo?
— Ismingizni… Esimdan chiqarib qo’ydim.