Olimlar kristallar yordamida Oyning yoshini aniqlashdi

Olimlar 1972 yilda Apollon missiyasi tomonidan Yerga olib kelingan Oy kristallari tahlili asosida Oyning yoshini aniqlashdi. Tabiiy yo’ldosh kutilganidan 40 million yil katta bo’lib chiqdi.

 

Oyning paydo bo’lishining eng keng tarqalgan izohi «gigant ta’sir nazariyasi»dir. Unga ko’ra, qadimda Mars kattaligidagi sayyora yosh Yerga qulagan. Ushbu to’qnashuvdan chiqarilgan qoldiqlar keyin Oyni hosil qildi.

 

Dastlab, Oy magma okeani bilan qoplangan. Tabiiy yo’ldosh yuzasi sovib, qattiqlashgandan so’ng tsirkon kristallari hosil bo’lgan. Olimlar bu kristallarni Apollon jinslarida topdilar va ularning yoshini aniqlash uchun massa spektrometridan foydalanishdi.

 

Tadqiqot natijalari Oyning yoshi 4,46 milliard yil ekanligini ko’rsatdi. Olimlarning ta’kidlashicha, Oy bizning tabiiy tizimimizning bir qismidir, chunki usiz Yerdagi hayot butunlay boshqacha bo’lar edi.