O' hayotdan ko'z yumdi…

39 ta xotini, 89 ta farzandi, 36 ta nabirasi bo’lgan Dunyodagi eng katta oila boshlig’i vafot etdi.

Hindistonning Mizoram shtatida yashovchi dunyodagi eng katta oila boshlig’i Ziona Chana 76 yoshida vafot etdi. Bu haqida mazkur shtatning bosh vaziri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Ziona Chana 13 iyun kuni hayotdan ko’z yumgan. “Ming bor afsuslanish bilan dunyodagi eng katta oila boshlig’i Ziona Chana vafot etganini ma’lum qilaman. Uning oilasi shtatimizning sayyohlar e’tiborini o’ziga jalb qiluvchi asosiy jihati bo’lib qoladi”, dedi shtat bosh vaziri o’z xabarida.

Ta’kidlanishicha, erkak qandli diabet va yuqori qon bosimidan aziyat chekkan. Uning ahvoli yomonlashib qolganidan so’ng shifokorlar erkakni kasalxonaga yetkazib kelishgan. Ziona Chana kasalxonada hayot bilan vidolashgan.

Ma’lumot uchun, Chana 1945 yilning 21 iyul kuni dunyoga kelgan. U ilk marta 17 yoshida o’zidan uch yosh katta ayolga uylangan. Chananing oila a’zolari soni 200 kishidan ko’proq va u dunyodagi eng katta oila sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.