Shveysariyada kimoshdi savdosida noyob qadimgi yunon tangasi sotildi. Noma’lum inkassator lot uchun olti million dollar to’lagan.
Savdolar o’tgan hafta Syurixdagi Numismatica Ars auksion uyida bo’lib o’tdi. Gap 2400 yoshli oltindan zarb etilgan yunon tangasi haqida bormoqda.
Tanganing old tomonida katta ko’zli satir (qadimgi yunon afsonasiga ko’ra o’rmon xudosi), orqa tomonida esa tumshug’ida nayza tutgan grifon (yunon afsonalariga ko’ra qanotli mavjudot) tasvirlangan.
Gretsiyadagi Ekathimerini nashriga ko’ra, tanga Ermitaj kolleksiyasining bir qismi bo’lgan, biroq 1934 yilda Stalinning san’at asarlarini chet el valyutasiga sotish kampaniyasi doirasida sotib yuborilgan, deb xabar beradi mir24.tv.
Izohlarni ko`rish