«Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan «An-Nasr» bosh murabbiyi lavozimini egallashdan bosh tortdi, deb xabar beradi Footmercato.
Manbaga ko’ra, Saudiya klubi fransiyalik mutaxassisga ikki mavsum uchun 150 million yevro maosh bilan shartnoma taklif qilgan.
Qayd etilishicha, Zidanning nomzodini klub yetakchisi Krishtianu Ronaldu ma’qullagan va u muzokaralar jarayonida ishtirok etishi mumkin.
Aprel oyida Footmercato nashri 50 yoshli mutaxassisning «Real»ga qaytishi borasida muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergan edi.
Izohlarni ko`rish