Davlat tashkilotlarida ishlaydigan ayollarga odamni o’ziga jalb qiluvchi tilla taqinchoqlar taqish, tirnog’iga lak qo’yish taqiqlandi, deb yozmoqda Darakchi nashri. Ma’lum bo’lishicha, Turkmaniston Respublikasining poytaxti Ashxobod shahrida ana shunday qoida joriy etilgan.
Davlat byudjeti tashkilotlarida ishlovchi turkman ayollariga tirnoq va kiprik o’stirish, shu bilan birga sochni sariq rangga bo’yash taqiqlandi. Bu kosmetik jarayonlar shaharlik ayollar o’rtasida juda mashhurdir.
Nashrning xabar berishicha, endidan boshlab, shahar meriyasi xodimalari sartaroshxona va go’zallik salonlarini tekshiruvdan o’tkazishadi.
Izohlarni ko`rish