1. Qadimiy Mayya qabilalari xudolarga qurbonlik sifatida tirik odamning urib turgan yuragini sug’urib olishgan.
2. Birinchi Jahon urushi boshlanish arafasida Amerika armiyasi ixtiyorida atigi 18 nafar uchuvchi bor edi.
3. To 19- asrga qadar hayvonlar ham qilmishi uchun sud qilinib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.
4. Qadimiy Misrda firavnga pashsha qo’nmasligi uchun yonidagi xizmatkorlarning badaniga asal surib chiqilgan.
5. O’rta asrlarda tish protezlari jangda halok bo’lgan askarlar tishidan tayyorlangan.
6. 17- asrga qadar termometrlar konyak bilan to’ldirilgan.
7. Odam yo’tali tezligi soatiga 900 kilometrgacha yeta oladi.
8. Bulbulning faqat erkagi kuylaydi. U qaerdadir yaqin atrofda o’tirgan urg’ochi sevgilisiga muhabbatini qayta-qayta isbotlash uchun to yoniga uchib kelmaguncha tinim bilmay kuylayveradi.
9. Afrika va Amerikada jangchi chumoli turi mavjud. Bu chumoli yo’lida uchragan jonzotni o’ldira boradi. Hatto, sherlar ham bu chumoliga duch kelishdan qo’rqadi.
10. Kit suv ostida ikki soatgacha nafas olmay tura oladi.
Olimjon HAYIT tayyorladi