Muzlatilgan holda saqlash mumkin bo'lgan 17 mahsulot

18 darajadan past haroratda mikroorganizmlar harakatdan to’xtaydi va muzlatilgan taom ta’mi va foydali xususiyatlarini yo’qotmay uzoq saqlanadi.

Pishloq

Eritish qiyin bo’lmasligi uchun pishloqni bo’laklarga bo’lib keyin muzlatkichga qo’ygan yaxshi. Buning uchun bo’laklarni idishga solish kerak bo’ladi. Pasta va pissalar uchun esa qirg’ichdan chiqarib, yarim yilgacha saqlash mumkin.

Yong’oq

Muzlatkichda saqlash tarkibidagi yog’ni aynimasligini ta’minlab, taxir bo’lib qolishdan saqlaydi. Shu sabab ham yong’oqlarni porsiyalarga bo’lib saqlash tavsiya qilinadi.

Banan

Muzlatkichda saqlangan banan nonushtaga smuzi tayyorlash uchun ayni muddao. Bunda blenderda maydalash oson bo’ladi. Muzlatilgan banan smuzi-kokteyl uchun eng yaxshi asos. Jigarrang bo’lishni boshlaganiga guvoh bo’lsangiz, hech ikkilanmasdan bananni muzlatkichga qo’yish tavsiya qilinadi.

Guruch

Bir urinishda ko’p guruch qaynatib yuborgan bo’lsangiz, qolganini muzlatkichda saqlasangiz bo’ladi. Patnisdagi guruchni muzlatkichga qo’yib, keyinroq paketlarga solib qo’yishingiz mumkin. Mazkur guruchdan keyinchalik sho’rva yoki boshqa taomlarni tayyorlash uchun foydalanish mumkin. Uni tovada bir-ikki qoshiq suv solib eritish kerak.

Jo’xori

Sovuq suv bilan yuvilgan jo’xorini shunchaki muzlatkichga solib qo’ying. Qaynatmoqchi bo’lsangiz, muzlatkichdan olib suvli qozonga solishning o’zi kifoya.

Tomat pastasi

Muzlatkichda saqlangan tomat pastasidan sho’rva va ikkinchi taomlar uchun asos sifatida foydalansa bo’ladi. Buning uchun sarimsoq, pomidor, ziravor va o’simlik yog’ini aralashtirib, 4 soat davomida qaynating. Soviganidan keyin paketlarga solib, muzlatkichga qo’ying.

Kartoshka pyure

Kartoshkadan qilingan pyureni muzlatkichda saqlash uchun avvaliga sharchalar yasang. Keyin patnisga terib, muzlatkich ichiga qo’ying. Qotganidan keyin paketga solib qo’ysangiz ham bo’ladi.

Sut

Sutni muzlatkichda 3 oygacha saqlasa bo’ladi. Sutni xona haroratida eritsa ham bo’ladi yo bo’lmasa, iliq suv ham bu borada yaxshi samara beradi.

Non

Non yomon bo’lib qolmasligi uchun uni ortiqchasini bo’laklarga bo’lib, muzlatib qo’yish kerak. Keyin undan pishloqli sendvichlar tayyorlash mumkin. Uni folga qog’ozga o’rab saqlasa ham bo’ladi. Tez eritish uchun esa pech yoki mikroto’lqinli pechga qo’yish kerak.

Sabzavot va mevalar

Qandolat qog’oziga o’ralgan meva va sabzavotlarni paketga solib chiqing. Shunda eritganda bir-biriga yopishib qolmaydi. Muzlatilgan meva va sabzavotlar mors, kompot, shirinlik hamda smuzilar uchun, sabzavotlar esa sho’rva, ragu uchun ayni muddao.

Marinadlangan go’sht

Sous qo’shilgan go’shtni paketga joylab, muzlatkichga qo’ysa bo’ladi.

Sariyog’

Muzlatkichda saqlangan sariyog’dan taom va shirinliklarni bezatish uchun foydalansa bo’ladi. Sariyog’ni o’z o’rami bilan yoki paketlarga joylab qo’yishingiz mumkin.

Xamir

Bo’laklarga bo’lib, muzlatkichda saqlangan xamirni istalgan vaqtda olib ishlatish mumkin. Xamirdan non yoki somsa o’ramini tayyorlab, germetik paketlarga soling. Keyin esa istaganingizcha muzlatkichda saqlang.

Bulon

Qolgan bulonni muzlatib, keyinchalik sho’rva va qayla uchun foydalanish mumkin.

Kotlet

Qiymadan yasalgan kotletlarni unga bulab, keyin muzlatkichda bemalol saqlasa bo’ladi. Istalgan vaqtingiz olib qovurishingiz mumkin.

Sirnik

Eriganidan keyin sirnikning ta’mi o’zgarmasligi sabab ham uni ikkilanmay muzlatkichda saqlasa bo’ladi.

Ko’katlar

Sochiq ustida quritilgan ko’katlarni mayda to’g’rab, keyin paketlarga soling.

Qaysi mahsulotlarni muzlatish kerak emas?

Qovoqcha, bodring, oshko’k, pomidor va salat bargini muzlatkichda saqlamagan yaxshi. Negaki ular muzlatilganidan keyin pyure bo’lib qoladi va bu ham yetmagandek ta’mi ham o’zgaradi.

Mahsulotlarning muzlatkichda saqlash muddati:

-tovuq va kurka go’shti — 9 oy;

-mol va qo’y go’shti — 4-6 oy;

-baliq go’shti — yog’li baliqni 2-3 oy, qolganini 6 oy;

-dengiz mahsulotlari — 3-4 oy;

-chuchvara, kotlet va qiyma — 3-4 oy;

-tayyor sho’rva, sho’rva va sous — 2-3 oy;

-sabzavot va mevalar — 1 yil;

-qo’ziqorin — qaynatilgani 1 yil, xomini 8 oy;

-ko’katlar — 6-8 oy;

-muzqaymoq — 2 oy;

-margarin va sariyog’ — 9 oy;

-non va qandolat mahsulotlari — 2-3 oy.

goodhouse.ru