AQSh sud ijrochilari xizmati 50 yildan ko’proq vaqt o’tgach, Amerikada eng ko’p muddatda qidiruvda bo’lgan qochoqlardan biri hisoblangan shaxsni aniqladi. Tegishli ma’lumotlar xizmatning rasmiy veb-saytida joylashgan.
Teodor Konrad 1969 yilda o’zi ishlagan bankdan 215 ming dollar (hozirgi kurs bo’yicha 1,6 million dollar) o’g’irlagan. U bankdan katta miqdordagi pulni qog’oz qopda olib chiqib ketadi. O’g’irlik haqida esa oradan bir necha kun o’tgach ma’lum bo’lgan.
50 yildan ortiq vaqt davomida Konrad huquq-tartibot idoralaridan yashirinishga muvaffaq bo’lgan.
1970 yildan beri Konrad, Tomas Rendall nomi bilan Boston chekkasida yashirinib yurgan. Jinoyatchining izlarini Konradning yangi familiya bilan tuzayotgan hujjatlarni tekshirish davomida topilgan.
Jinoyatchini javobgarlikka tortish ish bermadi: 2021 yilning may oyida erkak saraton kasalligidan vafot etgan.