Portugaliya va Rossiya to'g'ridan to'g'ri yo'llanma ololmadi. Endi o'tish o'yinlari qanday bo'ladi?

Evropada JCh-2022 saralashi o’yinlari doirasida to’rt guruhda so’nggi turlar bo’lib o’tgach, Serbiya, Ispaniya va Xorvatiya (J guruhida Germaniya oldinroq vazifani uddalagandi) to’g’ridan to’g’ri yo’llanma orqali Qatarga boradigan bo’ldi. A guruhida Portugaliya, B guruhida Shvetsiya, H guruhida Rossiya, J guruhida Shimoliy Makedoniya pley-offda yo’llanma uchun kurashni davom ettiradigan bo’ldi.

O’tish o’yinlari nima degani? Unda kimlar qatnashadi?

Bu Qatardagi mundial yo’llanmasi uchun o’ziga xos pley-off bosqichidir. O’tish o’yinlarida jami 12 terma jamoa bo’ladi. Bu saralash bosqichidagi 10 guruhda ikkinchi o’rinlarni egallagan jamoalar va Millatlar Ligasida yaxshi ishtirok etgan, ammo jahon chempionati saralashidagi guruhlarda birinchi yoki ikkinchi o’rinlarni egallay olmagan jamoalardir.

Ular ko’hna qit’adan yana qaysi uch terma jamoa jahon chempionatiga borishini aniqlashadi.

Quyidagilar o’tish o’yinlaridagi ishtirokini kafolatlab bo’lgan:

-Portugaliya

-Shvetsiya

-Rossiya

-Shimoliy Makedoniya

-Shotlandiya

-Uels

-Chexiya

Portugaliya va Rossiya to'g'ridan to'g'ri yo'llanma ololmadi. Endi o'tish o'yinlari qanday bo'ladi?Avstriya.

O’tish o’yinlaridagi to’rt o’rin hali vakant, chunki saralash bosqichida bir necha guruhda hali so’nggi tur bo’lib o’tmadi va yakuniy ko’rinish shakllanmadi. Bu o’rinlarni uyidagilar egallashi mumkin:

-Italiya yoki Shveysariya

-Finlandiya yoki Ukraina

-Niderlandiya, Turkiya yoki Norvegiya

-Angliya yoki Polsha.

O’tish o’yinlari uchun qur’a 26 noyabr kuni o’tkaziladi. Qur’ada 12 ishtirokchi to’rttadan bo’lib uch qismga ajraladi («uch yo’l») va oltita yarimfinal juftligi hosil qilinadi. Bu juftliklarning o’zaro o’yinlarida (faqat bir o’yin) oltita g’olib finalga chiqadi. Finaldagi uch o’yinda g’olib bo’lganlar Qatarga yo’l oladi.

O’tish o’yinlari 2022 yil bahorida o’tkaziladi: yarimfinallar — 24 va 25 mart kunlari, finallar — 28 va 29 mart.

Qur’adan oldin barcha jamoalar «saralangan» va «saralanmaganlar»ga ajraladi, bunda ularning saralash bosqichidagi natijalari hisobga olinadi. «Saralanganlar» yarimfinal o’yinini o’z maydonida o’tkazadi.

Reytingni tuzishda quyidagi mezonlarga amal qilinadi:

— guruh bosqichida to’plangan ochkolar soni;
— urilgan va o’tkazib yuborilgan gollar farqi;
— urilgan gollar soni;
— g’alabalar soni;
— safardagi g’alabalar soni;
— intizomiy ballar (sariq va qizil kartochkalar hisobga olinadi).

Olti jamoa ishtirokidagi guruhlarda qatnashgan jamoalarning guruhda so’nggi o’rinni egallagan jamoalarga qarshi o’yinlardagi natijasi inobatga olinmaydi.

Jamoalar reytingi
Ayni vaqtda, barcha guruhlarda o’yinlar yakunlanmagan holatda reyting quyidagicha ko’rinish olgan:

  • Portugaliya — 17 ochko
  • Rossiya — 16 (Maltaga qarshi o’yinlardagi 6 ochko chiqarib tashlangan)
  • Shveysariya (guruhda Italiyadan o’zib ketishi mumkin) — 15
  • Shvetsiya — 15
  • Polsha (nazariy jihatdan Angliyani ortda qoldirishi mumkin, agar inglizlar San-Marinoga yirik hisobda yutqazsa) — 14
  • Uels (ikkinchi o’rinni Chexiyaga boy berishi mumkin, ammo Millatlar Ligasidagi natijasi orqali pley-offga o’tadi) — 14
  • Shotlandiya — 14
  • Turkiya (guruhda Niderlandiyani ortda qoldirishi mumkin) — 12
  • Shimoliy Makedoniya — 12
  • Finlandiya (ikkinchi o’rinni Ukrainaga boy berishi mumkin) — 11
  • Avstriya (Millatlar ligasi orqali)
  • Chexiya (agar guruhda Uelsni quvib o’tolmasa, Millatlar ligasi orqali)
  • Portugaliya ikkinchi o’rinlar orasidagi eng ko’p ochkoga ega va pley-offning birinchi bosqichida portugallarga Shotlandiya, Turkiya/Niderlandiya/Norvegiya, Finlandiya/Ukraina, Shimoliy Makedoniya, Avstriya va Chexiyadan biri raqib bo’ladi. Lekin final bosqichida «saralanganlar» o’zaro to’qnashishi (masalan, Portugaliya va Shvetsiya) ehtimoli yuqori.

    Italiya pley-offga qolib ketishi, Niderlandiya pley-offga chiqa olmasligi mumkin

    A guruhi. Yakshanba kuni Portugaliya va Serbiya birinchi o’rin uchun o’zaro bahs olib borishdi. Portugallarni durang qoniqtirardi, ammo o’yin so’nggida serblar g’alabani ilib ketishdi va JChga chiqishdi, Krishtianu Ronaldu jamoasi esa o’tish o’yinlarida qatnashadigan bo’ldi.

    V guruhi. Yakshanba kuni Ispaniya va Shvetsiya birinchi o’rin uchun o’zaro o’yin o’tkazishdi. Ispanlarni durang ham qoniqtirardi, o’yin oxirida ular g’alaba golini urishdi, endi shvedlar o’tish o’yinlarida qatnashadi.

    S guruhi. Birinchi o’rin uchun Italiya va Shveysariya da’vogar, ikki jamoada ham ochkolar soni teng. Hal qiluvchi uchrashuvda Shveysariyani yenga olmagan Italiya oxirgi tur natijasiga ko’ra ikkinchi o’ringa tushib ketishi ham mumkin. Guruhda barchasi so’nggi turda hal etiladi, 15 noyabr oqshomida Manchini shogirdlari Shimoliy Irlandiyaga safar qiladi, shveysariyaliklar Bolgariyani qabul qiladi.

    Italiyaliklar agar birinchi o’rinni saqlab qololmasa, 2-o’rin bilan «saralanganlar» safidan joy oladi (faqat yirik mag’lubiyat ularni «saralanmaganlar» qatoriga qo’shishi mumkin), Shveysariya ham ikkinchi o’rinda qolsa — pley-offda top-6da bo’ladi.

    D guruhi. Birinchi o’rinni Fransiya egallagan, so’nggi tur oldidan ikkinchi o’rin uchun Finlandiya va Ukraina da’vogar. Ukraina nihoyat saralash o’yinlaridagi ilk g’alabasiga erishib, ikkinchi o’rinni olgan holda, pley-offga chiqsa ham, Rossiyaga raqib bo’lmasligi aniq.

    E guruhi. Birinchi o’rinni Belgiya egallab bo’lgan, ikkinchi o’rin uchun Chexiya va Uels o’rtasida kurash kechadi. Lekin so’nggi turdan keyin vaziyat qanday ko’rinish olmasin, bu ikki jamoa ham pley-offda qatnashadi — ikkinchi o’rinni ololmasa ham, Millatlar Ligasida o’z guruhida g’olib bo’lgani evaziga.

    F guruhi. Daniya muddatidan avval birinchi o’rinni, Shotlandiya esa ikkinchi o’rinni kafolatlab bo’lgan.

    G guruhi. So’nggi tur arafasida ham ko’p narsa chalkash — bu guruhda niderlandlar ham, turklar va norvegiyaliklar ham birinchi o’ringa da’vogar. Norvegiya safarda g’alaba qozonib, Niderlandiyani guruhda qoldirib ketishi mumkin.

    I guruhi. Angliya de-fakto birinchi, uch ochko ortda qolayotgan Polsha esa ikkinchi o’rindan pastga tushib ketmaydi. Polyaklarda angliyaliklarni quvib o’tish imkoni amalda yo’q. Faqat nazariy jihatdan, Garet Sautgeyt jamoasi so’nggi turda San-Marinodan yirik hisobda mag’lub bo’lsa va polyaklar o’z o’yinida Vengriya ustidan yirik hisobda g’alaba qozonsagina o’rinlar almashishi mumkin.

    J guruhi. Germaniya birinchi o’rinni, Shimoliy Makedoniya ikkinchi o’rinni egalladi.

    15-16 noyabr kunlari yana olti guruhda so’nggi tur o’yinlari o’tkaziladi. C, F va I guruhlarida bugun, D, E va G guruhlarida ertaga.

    15 noyabr kungi o’yinlar
    C guruhi

    Shimoliy Irlandiya — Italiya
    Shveysariya — Bolgariya.

    Portugaliya va Rossiya to'g'ridan to'g'ri yo'llanma ololmadi. Endi o'tish o'yinlari qanday bo'ladi?

    F guruhi
    Shotlandiya — Daniya
    Isroil — Farer orollari
    Avstriya — Moldaviya.

    Portugaliya va Rossiya to'g'ridan to'g'ri yo'llanma ololmadi. Endi o'tish o'yinlari qanday bo'ladi?

    I guruhi
    San-Marino — Angliya
    Polsha — Vengriya
    Albaniya — Andorra.

    Portugaliya va Rossiya to'g'ridan to'g'ri yo'llanma ololmadi. Endi o'tish o'yinlari qanday bo'ladi?

    16 noyabr kungi o’yinlar
    G guruhi
    Niderlandiya — Norvegiya
    Chernogoriya — Turkiya
    Gibraltar — Latviya.

    Portugaliya va Rossiya to'g'ridan to'g'ri yo'llanma ololmadi. Endi o'tish o'yinlari qanday bo'ladi?

    D guruhi
    Finlandiya — Fransiya
    Bosniya — Ukraina.

    Portugaliya va Rossiya to'g'ridan to'g'ri yo'llanma ololmadi. Endi o'tish o'yinlari qanday bo'ladi?

    E guruhi
    Uels — Belgiya
    Chexiya — Estoniya.

    Portugaliya va Rossiya to'g'ridan to'g'ri yo'llanma ololmadi. Endi o'tish o'yinlari qanday bo'ladi?

    Guruh bosqichi yakunlariga ko’ra reyting taxminan shunday ko’rinishda bo’ladi:

  • Italiya/Shveysariya — 18 ochkodan
  • Polsha — 17
  • Portugaliya — 17
  • Rossiya — 16
  • Shvetsiya — 15
  • Turkiya — 15
  • Uels/Chexiya — 14
  • Shotlandiya — 14
  • Shimoliy Makedoniya — 12
  • Ukraina — 12/Finlandiya — 11
  • Avstriya — Millatlar Ligasi orqali
  • Uels/Chexiya — Millatlar Ligasi orqali
  • Agar Uels va Norvegiya sensatsiya qayd etmasa, saralangan jamoalarning ilk ehtimoliy raqiblari quyidagilar bo’ladi: Uels, Chexiya, Shotlandiya, Shimoliy Makedoniya, Avstriya, Finlandiya (yoki Finlandiyasiz besh jamoa). Bu ro’yxatga Turkiya qo’shilishi mumkin.

    Birinchi raunddan keyin qur’a to’plangan ochkolarni hisobga olmagan holda tashlanadi va istalgan jamoalar bir-biriga raqib bo’lishi mumkin, masalan, top-6da Portugaliya va Italiya to’qnash kelishi ham mumkin bo’ladi.