O‘zbekistonda may oyida ob-havo qanday bo‘ladi?
O‘zgidromet 3-4 may kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati ko‘tarilishi davom etadi, kunduz kunlari havo 33-35 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 37-39 darajagacha isiydi. Mutaxassislarga ko‘ra, bunday harorat may oyining boshiga qaraganda yoz mavsumi uchun ko‘proq xosdir.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi harorat 29-31 daraja, 3-4 may kunlari 32-35 daraja issiq bo‘ladi.