Jahlingiz chiqmasin. Meni toshbag’irlikda ham ayblamang. Hayvonlarga ham shunchalik shafqatsiz bo’lish mumkinmi, deb bo’g’ilyapsizmi? Aslida men ham mushuklarni juda yaxshi ko’raman. Ayniqsa, toza va junlari yaltirab turadiganlarini. Buning uchun ularni cho’miltirib turish kerak. Avtomat kir yuvish mashinasida emas, albatta.
Biroq Avstraliyada bir mushuk bolasi shiddat bilan aylanayotgan kir yuvish mashinasiga tushib ketibdi. U nafaqat kirlar bilan birga qo’shilib yuvilgan, balki siqish rejimidan ham omon chiqqan. Veterinar mushukning qo’rqib ketgan egalariga uning ahvoli yaxshi ekanligini aytdi. Shunday balodan omon qolgani haqiqiy mo»jiza, shunday emasmi?!
Izohlarni ko`rish