FIL HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Fillar ham xuddi odamlar kabi o’naqay va chapaqay bo’ladi.

2. Filning tishlari hayoti davomida 5 yoki 6 marta almashadi. Oxirgi tishlari 40 yoshga yetganda chiqadi.

3. Fil xartumi bilan 8 litrgacha suv olish imkoniga ega. Xartumi 40 ta mushakdan iborat.

4. Fillar suvda suzishni ham qoyillata oladi. Suv ostida soatiga 2-3 kilometr tezlikda harakatlanadi.

5. Bir-biri bilan muloqot qilish uchun fillar infratovushlardan foydalanadi. Bir-birini 10 kilometr uzoqlikdan eshitadi.

6. Urg’ochi filning homiladorlik davri 18-24 oy davom etadi.

7. Fillar uzoq yashovchi jonivor hisoblanib, o’rtacha 60-80 yil umr ko’radi.

8. Induslar va butparastlar filni ilohiy jonivor sifatida qadrlaydi.

9. Fil sakrashni bilmaydi.

10. Filning xotirasi juda kuchli. Qarindoshlarini uzoq vaqt ko’rmasa ham baribir taniy oladi. Shu bilan birga yomonlikni ham eslab qoladi. Agar kimdir filni ranjitsa, oradan 50 yil o’tsa ham ranjitgan odamdan o’ch olishi mumkin. Bundan tashqari, yaxshilikni ham unutmaydi. Yaxshilikka albatta yaxshilik bilan javob qaytaradi.

11. Afrika filining terisi 2-4 sm, Osiyo filining terisi esa 2, 5 sm qalinlikka ega.

12. Terisini parazitlardan asrash uchun fil har kuni changga belanadi, ustiga loy chaplaydi va suvda cho’miladi.

13. To’yishi uchun fil bir marta ovqatlanganda 300 kilogrammgacha o’simlik yeyishi zarur.

14. Afrika va Osiyo fillari organizmidagi minerallar miqdori kamaymasligi uchun tez-tez tuz iste’mol qiladi.

15. Fil qon, artrit va sil xastaligiga moyil.

16. Fil yugurganda tezligi soatiga 45 kilometrgacha yetadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi