GORILLA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Gorilla bu darajada ulkanligiga qaramay, faqat o’t-o’lanlar bilan oziqlanadi. Yoshi ulug’ gorilla bir kunda 25-30 kilo atrofida o’simlik iste’mol qiladi.

2. Gorilla suvni kam ichadi. Bunga iste’mol qiladigan o’simligi keragicha namlik hadya etishi sababchidir.

3. Gorilla dushmanga qarshi kurashga otlanishdan oldin ko’ksiga kuch bilan urib olishi rost. Bu ishni u dushmanini qo’rqitish maqsadida amalga oshiradi.

4. Gorilla o’rtacha 50-55 yil umr ko’radi.

5. Gorilla urg’ochisi o’z qarindoshlari bilan kamdan-kam hollarda urishadi. Erkagi esa begona gorilla u egallab turgan hududga da’vo qilsa, ayab o’tirmaydi.

6. Gorilla DNK si odamniki bilan 97 foizga o’xshashdir.

7. Boshqa maymunlardan farqli o’laroq gorillalar yerda hayot kechiradi. Daraxtga kamdan-kam vaziyatlarda chiqadi.

8. Yoshi ulug’ har qanday gorilla erkagi eng kuchli odamdan ham 4-6 hissa kuchliroq bo’ladi.

9. Gorilla erkagining bo’yi ikki metrgacha yetadi. Yelka kengligi esa bir metrni tashkil etishi mumkin.

10. Gorilla kunduzgi hayot tarzini kechiradi. Tunda uxlashni ma’qul ko’radi.

11. Yoshi katta erkak gorillaning vazni 150-180 kilogrammga teng bo’ladi.

12. Suvda suzishni yaxshi o’zlashtirgan bo’lsa-da, gorilla bu mashg’ulotni jinidan yomon ko’radi.

13. Hatto manaman degan sherlar ham gorillaga hujum qila olmaydi. Chunki u sherni ham bir zarba bilan majaqlab tashlay oladi.

14. Agar organizmida tuz yetishmayotganini payqasa, gorilla oldindan tanlangan loyni yeb bu kamomatga barham beradi.

15. Gorilla urg’ochisining homiladorlik davri odamlarnikidan bir-ikki hafta kamroq davom etadi.

16. Tog’ gorillasi tutqunda yashay olmaydi. Agar uni hayvonot bog’iga olib kelinsa, gorilla ochlik e’lon qiladi. Tutqunda yashagandan o’lib ketishni ma’qul ko’radi.

17. Gorilla odam tilini juda oson va tez o’zlashtiradi. Masalan, Koko ismli gorilla mingdan ortiq so’zlarni yoddan bilgan. U odamlar bilan hazil-huzul qila olgan, aniq bir mavzuda suhbatlashishni ham qoyillatgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi