Varya Borsova ismli ayol Moskvaga ertalabki soat beshlarda uchib keldi va uyigacha taksi yolladi. Uyiga kelgach, charchoq yengib uyquga ketdi. Uyqudan uyg’onib esa katmonini taksida unutib qoldirgani esiga tushdi. Katmonda pullar, bank plastik kartochkasi, unda ham katta pul bor edi. Undan ham muhimrog’i hujjatlar edi. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar ham o’sha katmonda qolgandi. Darhol taksini qidirishga tushdi. Baxtga qarshi topa olmadi. Bunday vaziyatlarda odam qanday ahvolga tushishini har birimiz juda yaxshi tasavvur qila olamiz albatta. Qarangki, Varyaning otasi balkondan pastga qaragandi, bir erkak turibdi. Darrov qizini chaqirdi. Varya qaradi-yu, xursandligidan otasini mahkam quchoqlab oldi. Keyin esa pastga tushdi… Chunki u xuddi o’zi izlagan taksi haydovchisining o’zginasi edi…

Taksi haydovchisi ham mashinada katmon unutib qoldirilganini ko’riboq ishni-da tashlab egasini qidirishga tushibdi. Qo’llab-quvvatlash xizmati bormi, o’zi ishlaydigan taksi firmasi bormi, hammayoqdan qidiribdi. Topa olmagandan keyin ayolning uyi yoniga kelishga qaror qilibdi. Qo’shnilardan ham aytarli aniq ma’lumot ololmasa-da, sakkiz soat davomida kutish bilan vaqt o’tkazibdi…

Ularga tashqaridan qaragan odam darrov hind kinofilmlarini eslagan bo’lsa ajab emas. Negaki, taksi haydovchisi va Varya bir-birlarini ko’rgandayoq xursandlikdan dod deb yig’lab yuborishdi. Ancha vaqtgacha bir-birlarini qo’yib yubormasdan, o’ksib-o’ksib yig’lashdi…

Ha, xizmat haqi nima bo’ldi demoqchimisiz?..

Varya aeroportdan olib kelgani uchun bergan taksi haqining o’n barobarini erkakka mukofot sifatida taqdim etibdi.

lenta. ru