Millionlab dollarlik san'at asarlarini yo'q qilgan farroshlar…

2011 yil noyabr oyida Germaniyaning Dortmund shahridagi muzeyda farrosh ayol 800 ming evroga sug’urta qilingan zamonaviy san’at asarini yo’q qildi. «Shiftdan tomchilay boshlaganda…» deb nomlangan mazkur asari xuddi shiftdan tomchilab tushadigan cho’kindi suvni o’z ichiga olgan havza misoli edi. Tozalovchi xonim iflos havzani ko’rdi va yaxshilab artib tashladi va shu bilan zamonaviy san’at tarixidagi eng kuchli xato harakatlarini sodir etdi.

2014 yil fevral oyida shunaqa voqea Italiyada takrorlanadi. Bari shahridagi muzeyda farrosh ayol g’ijimlangan qog’ozdan yasalgan bir nechta eksponatlarni olib chiqindi idishga tashladi. Bu g’ijimlangan qog’ozlar yuqori san’at asari edi…

Bu tarix Italiyada yana  takrorlandi. Bolzano shahridagi muzey farroshi polga sochilgan shampan butilkalari, sigareta qoldiqlari hamda konfetini aks ettiruvchi «Bugun qaerda raqsga tushamiz?» installyatsiyasini ko’rdi. Va, albatta, barchasini xonadan tashqariga chiqarib tashladi. Shu bilan qimmat san’at asari farrosh qo’lida yakun topdi.