Ayol!… Allaqancha aziz avliyolarni, alp-azamatlarni “alla”lagan ayolmasmi, axir?! Allohning arshi a’losidan amr: “Ayollaringizni avaylang!” Ahli ayolimizni asrasak – a’molimiz a’lo! Aslida, azaldan ardoqlaganmiz…
Akalar, amakilar! Ayollar ayyomi arafasidamiz! Avvalambor, arzirli aytmishlarim: Ayyom arafasida ayolingizdan ayb axtarmang, arazlashadi. Ayniqsa, axloqingiz aynimasin. Asosan, adolatni anglab, azmingizni andishaga ajrating. Ayollar ayyomi alohida ahamiyatli!
Aytaymi, ayollar ayyomida – attorsiz! Atir, atirsovun, ajabtovur atlas-adras, anvoyi atirgullarni ahli ayolingizga atagaysiz! Ayolingizdan ajoyib anbarlar atri anqisin. Ayyomda atayin ayolingiz atrofida aylaning, alyorlar ayting, anduhlardan, alamlardan ariting!
Ahdingizdan adashmang, axir ayollar – aziz! Alalxusus, ayollarga asirmiz. Aniq aminmaki, anchagina adolatdan, amallardan ayolning amri afzal!
Ayolingizdan ayrilmang. Alarni astoydil asrab-avaylang.
Ahillik – abadiydir! Alqissa, ahli ayollarimizni ayyom arafasidamas, abadul-abad ardoqlaylik!!!
Manba: @NimaGap