Kelin to'ydan bir necha soat o'tgach kuchli yig'i sabab vafot etdi

Hindistonda kelin to’ydan bir necha soat o’tgach, kuchli yig’i va hayajon tufayli yurak hurujidan vafot etdi, deb xabar beradi Hindustan Times.

Voqea mamlakat sharqidagi Odisha shtatida sodir bo’lgan. Hindustan Times gazetasining yozishicha, to’yni nishonlagandan so’ng, kelin an’anaviy «biday» marosimidan o’tishi kerak edi. Bu marosimda odatda kelin ota-onasi va tug’ilib o’sgan uyi bilan xayrlashadi. Marosim odatda ko’z yoshlar va g’amli o’tadi.

Marosim davomida yig’layotgan qiz to’satdan hushidan ketgan. U shoshilinch ravishda kasalxonaga yotqizilgan, ammo shifokorlar uning yurak yetishmovchiligi sababli o’lganligini aytishgan. Mahalliy aholining so’zlariga ko’ra, kelin vidolashish paytida katta stressni boshdan kechirgan, chunki uch oy oldin otasidan ayrilgan.

sof.uz