MICHELIN Guide Istanbulning birinchi tanloviga 53 ta restoran kiritildi

• TURK Fatih Tutakga ikki MICHELIN yulduzi topshirildi

 

• 4 ta restoran MICHELIN yulduzi bilan taqdirlandi, 10 ta restoran esa Bib Gourmand toifasiga kirdi.

 

• Neolokal esa barqarorlik borasidagi harakatlari uchun MICHELIN Yashil yulduzi bilan taqdirlandi.

 

Michelin kompaniyasi MICHELIN Guide Istanbul 2023ning ilk restoran tanlovini taqdim etishdan mamnuniyatligini bildiradi. Istanbul oshxonasi tanlovda ishtirok etgan 53 ta restoran bilan MICHELIN Guide hay’at a’zolarini hayratga soldi.

 

Ushbu restoranlardan 10 tasi Bib Gourmand va 4 tasi MICHELIN yulduzi bilan taqdirlandi. Neolokal Barqaror gastronomiyaga kashfiyotchi yondashuvi tufayli qizil yulduziga yana bir yulduz MICHELIN yashil yulduzini qo’shib oldi. Shuningdek, TURK Fatih Tutak o’zining g’ayrioddiy taomlari bilan birinchi marta MICHELIN Guide da ikkita MICHELIN yulduziga sazovor bo’ldi.

 

MICHELIN Guide xalqaro direktori Gvendal Poullennek, “MICHELIN Guide Istanbulning birinchi restorani tanlovining ochilishi bizning hakamlar jamoamiz va ushbu tengsiz shahar uchun tarixiy lahzalardir. 5 yulduzli muassasalarni ichiga olgan 53 ta restoran ishtirok etgan tanlovimiz, o’ziga xosligi va an’analari bilan faxrlanadigan, dunyoga ochiq bo’lgan ushbu iste’dodli pazandachilik ustalariga mezbonlik qiladi. Istanbul har doim muhim madaniy va turistik markaz bo’lgan; Bugun MIChELIN jamoasi bilan mahalliy va xalqaro xo’rrandalarga bu yerning asosiy gastronomik makon ekanligini ta’kidlashga harakat qilamiz” dedi.

 

TURK Fatih Tutak Ikki MICHELIN Yulduzi bilan ajralib turadi

Evropa yoqasidagi Shishli Bomonti kvartalida joylashgan TURK Fatih Tutak, odatiy turk lazzatlarini izlovchi xo’rrandalar uchun oshpaz Fatih Tutak tomonidan mahorat bilan qayta kashf qilingan zamonaviy va murakkab sahnani namoyish etadi. O’zining xalqaro karerasi bilan jahon oshpazlik elitasi bilan yelkama-elka turgan bu iste’dodli mutaxassis, 2019-yilda Turkiyaga qaytib keldi va ushbu nozik taomlar restoranini ochdi.

 

Dudlangan va nozik nordon ta’mga ega oshpazning o’ziga xos mahorati ochiq, aniq va eng muhimi, oshpazning o’z mintaqasi va ildizlariga bo’lgan sadoqatini ifodalaydi. Onasiga bag’ishlangan mashhur manti, xuddi ochiq oshxonada tortilgan shirinlik kabi ko’rinish oldi.

4 ta restoran MIChELIN yulduzini oldi

Istanbul oshpazlik maktabining mukammalligini aks ettiruvchi turk mahsulotlari va lazzatlariga bo’lgan sadoqatini namoyish qilgan 4 ta restoran MICHELIN yulduzi bilan taqdirlandi.

 

Enikoy kvartalida joylashgan Araka, shahar shovqinidan uzoqda sokin muhitni taklif etadi. Mohir oshpaz Zeynep Pinar Tashdemir menyuda mavsumiy sabzavotlar va o’tlarga e’tibor qaratgan holda, o’ta shaxsiy va juratkor oshxona yaratadi. Issiq, nordon va achchiq tamlar, zahter bilan tamlantirilgan, marinadlangan sabzavotlar va achchiq sousda iliq zaytun bilan tortiladigan qovoq pyuresi ajoyib tarzda uyg’unlashadi.

 

Beyog’lu Pera kvartalidagi Mikla oshxonasi Anadolu an’analarini yangi innovatsiyalar bilan birlashtiradi. Turk mahsulotlarining barcha boy va xilma-xilligidan yaratilgan ijod namunalari o’zgacha lazzatni taqdim qiladi. Bir oz shirin sir qo’shilgan olma sirkasi bilan tortiq qilingan tuzlangan yashil loviya salati va tez qaynatilgan va grilda pishirilgan sakkizoyoq – bular MICHELIN Guide hakamlarining olqishiga sazovor bo’lgan taomlarning bir nechta namunasi holos.

 

Salt Galatada joylashgan Neolokal ham an’anaviy Anadolu oshxonasi hisoblanadi. Dadil uslublar va pazandachilikdagi innovatsiyalarni bulg’ur va mazali tovuqdan tayyorlangan yengil ziravorli “cupcake” va boy qaymoqli velouté va kartoshka bo’laklari bilan qoplangan tovuq demi glasi an’ana va zamonaviylik o’rtasida ko’prik bo’lish uchun mo’ljallangan taomlarni taqdim qiladi.

Nihoyat, Beyog’luning Tomtom kvartalidagi Nicole, an’anaviy turk reseptlari Yaqin Sharq ziravorlari bilan uchrashadigan ajoyib oshxonani taklif qiladi. Ish faoliyatini Bodrumda boshlagan oshpaz Serkan Aksoy, o’z mahsulotlarining kelib chiqishiga alohida e’tibor beradi va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tarmog’i bilan ishlaydi. Dudlangan qatiq va uzum sharbati qo’shilgan yumshoq qo’zichoq go’shti bilan tortiladigan do’lmalari Michelin hakamlar jamoasini o’ziga jalb qildi.

Neolokalning barqaror tashabbuslari MICHELIN Yashil Yulduzi mukofoti bilan taqdirlandi

 

Barqarorroq gastronomik maqsadga erishishga bag’ishlangan tanlovlarida restoranlarni targ’ib qilishni maqsad qilgan MICHELIN Guide 2020-yilda yana bir yangi mukofotni e’lon qildi: MICHELIN Yashil Yulduzi.

 

Ekologik etik va estetik yondashuvlari tufayli Neolokal ushbu nufuzli mukofotga loyiq deb topildi. Ushbu restoranda sinchkovlik bilan tanlangan ishlab chiqaruvchilardan tashqari, oshpaz Maksut Ashkar va uning jamoasi, ba’zilari yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan turk oshxona merosini saqlab qolish va targ’ib qilishga qat’iy qaror qildi.

 

10 ta restoran Bib Gourmand bilan taqdirlandi

MICHELIN Guide foydalanuvchilari orasida ayniqsa mashhur bo’lgan Bib Gourmand o’rtacha narxlarda ajoyib taomlarni taklif qiladigan restoranlarni aniqlab berdi. 10 ta restoran mukammal narx-navo uyg’unligi uchun taqdirlandi.

An’anaviy turk oshxonasini yaxshi ko’radiganlar, ziravorlar bozorining tepasida joylashgan va ajoyib ko’k sopol bezak bilan bezatilgan Pandeli restoraniga borishlari kerak.

Mashhur Karakoy restorani o’zining mukammal tayyorlangan mazalari va a’lo darajadagi narx-navo uyg’unligi nisbatiga ega menyusi bilan hakamlarning e’tirofiga sazovor bo’ldi.

 

Alaf zamonaviy muhitga ega bir makon hisoblanadi. Oshpaz Deniz tomonidan tayyorlangan ajoyib taomlar ko’plab taassurotlarni o’zida mujassam etmoqda va tortilayotgan kokteyllarning xilma-xilligi bilan hayron qoldirmoqda.

 

Oshpaz Volkan Tyure tomonidan boshqariladigan Aheste, yanada romantik muhitga ega bo’lib, u yerda turk taomlarini, shuningdek, vegetarian taomlarini o’z ichiga olgan bir nechta sarhil ijod namunalarini tatib ko’rishingiz mumkin.

 

Zamonaviy oshxona ixlosmandlari Karako’y tumanidagi Tershaneni o’tkazib yubormasliklari kerak. Momento mehmonxonasining sakkizinchi qavatida joylashgan restoran shaharning tarixiy manzarasining hayratlanarli manzarasini, shuningdek, saxiy oshxona, mazali taomlar, nozik taomlar va juda yaxshi pishirilgan go’shtni taqdim etadi.

 

Giritli, faqatgina ko’rishga arzirli va yoz oylarida ochiq bo’lgan ajoyib terassa emas. Aperatiflarning keng menyusi juda zo’r va an’anaviy klassikalarni yanada innovatsion ijodlar bilan birlashtiradi.

 

Anadolu tomonidagi Kuchukyali kvartalida joylashgan Calipso, sokinlik va osoyishtalik izlayotgan Istanbulliklarni o’ziga tortadigan ajoyib baliq va dengiz mahsulotlari restoranidir. Ularning tamlari xuddi xushbo’y salatlari kabi juda mazali. Lekin, albatta, shouning asosiy qahramonlari bo’lgan dengiz mahsulotlari va sarhil mahsulotlar, aniqlik va epchillik bilan pishiriladi.

 

Zamonaviy Chukurjuma kvartalining markazida joylashgan Cuma O’rta Yer dengizi va xalqaro oshxonadan ilhomlangan taomlarni taklif etadi. Bu yerda, eng yaxshi mavsumiy mahsulotlar tapas, jeviche, pitsa, murakkab makaron taomlari tayyorlanib, dasturxoningizga yetkaziladi.

 

SADE Besh Denizler oshxonasida xo’rrandalar ko’pgina taomlarni tatib ko’rishlari mumkin. Anadolu, achchiq qalampirli ho’kiz tilini o’z ichiga olgan nozik usulda tayyorlangan ixtisosliklari bilan namoyish etiladi.

 

Nihoyat, Aman da Bravo zamonaviy bistronomiyaga xos turkiy tasavvurni taqdim etadi. Mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar mazali, do’stona va oddiy idishlalarda tortiq qilinadi. Oshpaz shuningdek, ekzotik tamlarni qo’shishni yaxshi ko’radi.

 

 

 

MICHELIN yosh oshpaz va xizmat mukofotlari

MICHELIN Guide hakamlari tomonidan berilgan MICHELIN Yosh oshpaz va xizmat ko’rsatish mukofotlari mutaxassislarni tajriba va iste’dodi uchun taqdirlaydi.

MICHELIN yosh oshpaz mukofotini Murverda Mevlut O’zkaya qo’lga kiritdi. 33 yoshli yosh oshpaz ikki yil davomida ushbu nufuzli restoranda oshxonani va ayniqsa fidokor oshxona jamoasini ishtiyoq bilan boshqaradi. Gastronomiyaning yuksalib borayotgan yulduzi Mevlut O’zkaya o’zining o’ziga xos va sinchkovlik bilan pishirish uslubi bilan hakamlarni hayratda qoldirishga muvaffaq bo’ldi, unda yog’ochda pishirish yetakchi rol o’ynaydi.

Mastercard tomonidan berilgan MIChELIN xizmat mukofotini Sunset Grill & Bar jamoasi qo’lga kiritdi. Bu yerda mehmondo’stlik san’ati haqiqiy professionallar tomonidan eski dunyo uslubida qo’llab-quvvatlanadi, mehmonlarning qulayligi va farovonligi mutlaq ustuvor hisoblanadi.

Sharob menyusi ham ajoyib; hakamlarga ko’ra, shaharning eng yaxshilaridan biri.

Pazandachilikning xilma-xilligi va ekzotizmi

MICHELIN Guide Istanbul 2023 da restoran tanlovini tashkil etuvchi 53 ta manzilning aksariyati mahalliy oshxona landshaftining xilma-xilligi va ochiqligini aks ettiradi.

Zuma, Nobu va Inari Omakase Kurucheshme yapon lazzatlarini namoyish etadi. Zuma o’zining mazali tempurasi, robata panjara baliqlari va ajoyib sushisi bilan mashhur bo’lsa-da, Nobu Janubiy Amerika ta’siri bilan boyitilgan zamonaviy yapon taomlarini taklif qiladi. Inari Omakase Kurucheshme o’z asarlariga Kaliforniya uslublarini qo’shadi.

 

Very Much Thai’da Tailand lazzatlari yangi va o’ziga xos tarzda nishonlanadi. Ko’proq Osiyo lazzatlari uchun sayohat qiluvchi gurmeler Banyanga, italyan oshxonasini sevuvchilar Glensga yoki juda yaxshi rus ilhomlantirilgan ijodlarni tatib ko’rmoqchi bo’lganlar 1924 Istanbulga borishlari kerak.

 

Spago, St. Régis Brasserie va Azur jahon oshxonalarini nishonlaydigan menyularni taklif qiladi.

 

MICHELIN Guide Istanbul 2023 tanlovi bilan 53 ta restoran tanlandi:

Ikki MICHELIN yulduziga ega 1 ta restoran;

• MICHELIN yulduziga ega 4 ta restoran;

• 1 ta MICHELIN Yashil Yulduzi restorani;

• 10 ta Bib Gourmand restorani;

• 38 ta tavsiya etilgan restoranlar.