Germaniya terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Toni Kroos futbol bo’yicha jahon chempionati Qatarda o’tkazilishiga qarshi. «Real» futbolchisi turnir mezbonligi Yaqin Sharq mamlakatiga berilganini xato qaror, dedi.
«Qatarga jahon chempionatini o’tkazishni ishonib topshirganlar adashishdi. Men bu turnirga qarshiman», — Kroosning so’zlarini keltirdi «Sport-Ekspress».
2014 yilgi jahon chempioni Qatarning JCh mezbonligiga salbiy munosabati sababini aytmadi.
Eslatib o’tamiz, Qatardagi jahon chempionati shu yilning 30 noyabridan 20 dekabriga qadar bo’lib o’tadi.
Toni Kroos ushbu mundialda qatnashmaydi. U 2020 yilgi Yevropa chempioantidan so’ng Germaniya terma jamoasi bilan xayrlashgan.
Izohlarni ko`rish