Hozir ko’pchilik ovqat hazmi qiyin bo’lsa, festal, mezim kabi dorilarni ichishga odatlanishgan. Ammo tajribam davomida bu maqsadda yalpizni qo’llashdan afzali yo’q, degan xulosaga kelganman.
Buning uchun ariq yoqalarida o’sadigan 1,5-2 sm bo’y olgan yalpizni terib olaman. Ovqatlangach, yuvilgan yalpiz yaproqlarini chaynab yeyman. Qarabsizki, zarda qaynashi ham, qorindagi og’irlik hissi ham birpasda yo’qoladi.
Qish paytlari esa, bahorda terib, quritib, yanchib g’amlab olingan yalpizlar menga qo’l keladi. Ammo yalpiz tarvaqaylab, bo’y olgandan so’ng shifobaxshligini ancha yo’qotadi. Aytgancha, shifobaxsh yalpizni chaynab, og’izda biroz ushlab turilsa, noxush hidlarni yo’qotib, nafasni xushbo’y qiladi.
SoglomHayot
Izohlarni ko`rish