15 aprel kuni Yunusobod tumanidagi Gimnastika saroyida badiiy gimnastika bo’yicha Jahon kubogi boshlandi. Jahon kubogining tantanali ochilish marosimi musobaqa startidan bir necha soat o’tgandan keyin bo’lib o’tdi.
Marosimda Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, vazir o’rinbosari Shahrullo Mahmudov, O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o’rinbosarlari Sherzod Toshmatov, Aziz Komilov ishtirok etdi.
Tadbirda Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikramov so’zga chiqdi va musobaqa ishtirokchilarini samimiy qutlab, bo’lajak bahslarda barchaga omad tiladi
San’atkorlarning badiiy chiqishlari esa ochilish marosimiga o’zgacha fayz bag’ishladi.
Eslatib o’tamiz, Jahon kubogining Toshkent bosqichida AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Sloveniya, Qozog’iston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Latviya, Kolumbiya hamda O’zbekiston sportchilari g’oliblik uchun bahs olib borishmoqda.
Jahon kubogining yakkalik dasturida quyidagi sportchilarimiz ishtirok etadi:
Sabina Tashkenbayeva,
Taxmina Ikromova,
Guruh mashqlarida ishtirok etadigan tarkibimiz:
Shahzoda Ibragimova,
Nargiza Jumaniyazova,
Nilufar A’zamova,
Mumtoza Ishoqzoda,
Mariya Pak,
Xurshida Abduraufova.
Toshkentda o’tayotgan Jahon kubogi bosqichi 17 aprel kuni yakunlanadi.