Mashhur «Jack Danielʼs» viskisi tayyorlanadigan zavodda noodatiy eksponat bor – «Djekni o’ldirgan seyf».
Afsonaga ko’ra, firma asoschisi seyfni ocha olmagach, uni oyog’i bilan tepadi. Qattiq tepish natijasida bosh barmog’ini sindirib oladi va yarasi gazak olib ketadi. Qon zaharlanishi boshlangan va oyog’ini kesib tashlashga to’g’ri keladi. Ammo bu yordam bermadi, infeksiya allaqachon butun organizm bo’ylab tarqalib bo’lgandi va Djek Deniel 1911-yilda kasalxonada vafot etgan.
Izohlarni ko`rish