MARS SAYYoRASI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Mars dunyodagi barcha fantastik romanlarning bosh qahramonidir.

2. Mars sayyorasining nomini qadimgi rimliklar o’ylab topgan.

3. Qadimda Marsning rangi va odam qoni bir xil deb hisoblashgan.

4. Mars sayyorasi tuprog’i tarkibida temir moddasi oksidlari ko’pchilikni tashkil etadi.

5. Mars osmonida temir moddasiga ega tuproq changlari miqdori keragidan bir necha barobar ko’proq. Shuning uchun bo’lsa kerak, Mars osmoni pushtiga moyil rangga ega.

6. Mars sayyorasida sayr qilish uchun albatta skafandr zarur bo’ladi.

7. Kunduzi Marsda havo harorati +300 darajaga yetadi. Kechasi havo haddan tashqari sovib ketadi. Havo harorati -800 darajani tashkil etadi.

8. Marsda shamol soatiga 180 km tezlikda esadi. Shamollar, aniqrog’i, bo’ronlar haftalab davom etadi.

9. Mars shu qadar sirliki, olimlar bu sayyorada ham o’ziga xos «Bermud uchburchagi» bor deb hisoblashadi.

10. Marsga yerdan juda ko’plab fazo uskunalari uchirilgan. Ularning aksariyati izsiz g’oyib bo’lgan.

11. Agar odam Marsning ustki qismiga qadam qo’ysa, o’sha zahoti uning vazni uch barobarga kamayib ketadi.

12. Hech havoning muzlaganini ko’rganmisiz? Yo’q albatta. Marsda bu narsa mavjud. Sayyorada havoning ham muzlaganiga guvoh bo’lish mumkin.

13. Marsda ham qish fasli mavjud.

14. Marsdagi Oy Deymos deb ataladi. U bir kecha kunduzda ikki marta sayyoraning g’arb tarafida yuz ko’rsatadi. Xuddi shuncha marta sharq qismida Deymosning botganini kuzatish mumkin.

15. Marsning yoshi 4, 5 milliard yilga tengligi aniqlangan.

16. Mars diametri Yerga nisbatan ikki hissa kamroq. Vazni esa 10 barobar kamroq.

17. Marsni ilk bor 1609 yili Galiley ko’rishga muyassar bo’lgan.

18. Mars va Yerdagi kecha-kunduz oralig’i deyarli bir xil.

19. Marsda bir yil bizdagi 687 kunga teng.

20. Mars atmosferasi asosan ugleroddan tashkil topgan.

21. Marsda suv bor yo’qligi haqida hamon olimlar bahslashishda davom etmoqda.

22. Gollandiyada Marsga sayohat 2023 yili tashkil etilishi mo’ljallangan. Ammo qanday qilib sayohat tashkil etilishi mumkin? Hatto, sayyoraning ustki qismida zarur bo’ladigan skafandr ham o’ylab topilmagan. Bu savollarga esa javobning o’zi yo’q.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

MARS SAYYoRASI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…MARS SAYYoRASI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…MARS SAYYoRASI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…