MUShUKKA MO’YLOVLAR NIMA UChUN KERAK?..
Kim mushukning mo’ylablarini yung deb hisoblasa, xato qiladi. Mushuklardagi mo’ylovlarning har biri o’z vazifasiga ega. Mushuk onasining qornidaligidayoq mo’ylablari o’sib chiqib, o’z zimmasidagi vazifalarni bajarish uchun tayyor turadi.
Har bir mo’ylab bosh miyadagi alohida a’zo sanaladi. Ular yunglarga nisbatan yo’g’onroq bo’ladi. Ularning harakati uchun esa umuman boshqa mushaklar javob beradi. Mushukning mo’ylablari hech qachon yunglar kabi eskisi tushib yangisi bilan almashmaydi. Ular nafaqat yuz qismi, balki old oyoqlarining pastki qismida ham bor. Old oyoqlardagi mo’ylablar dushman bilan yulishganda va ov paytida o’lja yoki dushmanning tanasi qay holatda ekanini aniqlab beradi. Boshqa bir mo’ylab uyqu, yana boshqasi havoning kelgusida qanday bo’lishi va hokazolarni aniqlash uchun xizmat qiladi.
Ayrimlar mushukning mo’ylablarini kessa, o’lib qoladi, deb o’ylaydi. Noto’g’ri. U o’lmaydi. Aksincha, mo’ylablar bir necha oydan keyin qayta o’sib chiqaveradi.