Krishtianu Ronaldu Instagram ijtimoiy tarmog'ida yangi rekord o'rnatdi

«Manchester Yunayted» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Instagram ijtimoiy tarmog’ida yangi rekord o’rnatdi.

Portugaliyalik futbolchining Instagram’dagi obunachilari soni 500 milliondan oshdi. Ronaldu — bu ko’rsatkichni qayd etgan tarixdagi ilk shaxsga aylandi.

Bu borada ikkinchi o’rinda «PSJ» forvardi Lionel Messi bormoqda. Argentina terma jamoasi vakilida 372 million obunachi bor.

2021 yilda Ronaldu Instagram, Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlarida umumiy 500 million obunachiga ega bo’lgan ilk shaxsga aylangandi.

Krishtianu Ronaldu Instagram ijtimoiy tarmog'ida yangi rekord o'rnatdi