KITOB HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Dunyodagi ilk kitoblar ikki ming yil oldin paydo bo’lgan. Ular daraxt va sham eritmasidan tayyorlangan. Ammo Priss qo’lyozmasi deb nomlangan qadimiy kitob besh yarim ming yil oldin papirus yordamida yozilgan ekan.

2. Dunyo bo’yicha jami 130 millionta kitob mavjud. Bu kitoblarning donasi emas, asarlar miqdori asosida hisob-kitob qilingan.

3. Eng sirli kitob sifatida Voynich qo’lyozmasi e’tirof etiladi. Bu kitobda qaysidir o’simlik haqida so’z boradi. Biroq kitob insoniyat tarixida mavjud bo’lmagan tilda yozilgani bois olimlar hali hanuz uni o’qiy olishmayapti.

4. Dunyodagi eng qimmat kitob «Lester majmuasi» deb nomlanib, Leonardo da Vinchi qalamiga mansub. Kitob kimoshdi savdosida Bill Geytsga 24 million dollarga sotilgan. Ajablanarlisi, ushbu kitobni ko’zgu yordamisiz o’qib bo’lmaydi.

5. «Ming bir kecha» ertagini deyarli barchamiz o’qib chiqqanmiz. Ammo bir narsani bilmaymiz. Kitobning dastlab chop etilgan variantida Oloviddin arab emas, xitoyi sifatida tasvirlangan.

6. L. Kerrollning «Alisa mo»jizalar mamlakatida» kitobi sotuvi Xitoyda qat’iyan taqiqlab qo’yilgan. Bunga asardagi hayvonlarning ham inson tilida gapirishi sabab qilib ko’rsatilgan.

7. Xorvard kutubxonasida to’rt dona kitob saqlanadi. Aytishlaricha, bu kitoblar odam terisidan tayyorlangan ekan.

8. «Robinzon Kruzo» asarining davomi ham bor. Unda xuddi o’sha birinchi asardagi qahramon ikkinchi marotaba kema halokati tufayli kimsasiz orolga tushib qoladi va ming turli mushkulotlarga duch kelgan ko’yi quruqlik orqali uyiga yetib oladi. Quruqlik esa Rossiya hududi hisoblanadi.

9. Dunyoda kitob chop etish texnologiyasi paydo bo’lgandan beri, jami 2 milliardga yaqin kitob nashr etilgan.

10. Ilk roman sifatida bir ming yilcha oldin Yaponiyada bitilgan «Gendzi qissasi» tan olingan.

11. Eng sermahsul ijodkor deb yozuvchi Barbara Kartlendni aytsa bo’ladi. U oyiga ikkitadan roman yozib, dunyo ahlini allaqachon hayratga solib ulgurgan.

12. Ko’pchilik kitobsevarlar o’zi mutolaa qilayotgan kitobning 18- sahifasiga yetgach, qiziqishi so’nib, o’qishni to’xtatishadi.

13. Qadimiy Assiriyada kitob oddiy loydan tayyorlangan.

14. Kitob o’g’risini dunyo miqyosida bibliokleptoman deb atashadi.

15. Vellingtonda dunyodagi eng og’ir vaznli kitob saqlanadi. Bu kitobning sof vazni 50 kilogrammga teng.

Olimjon HAYIT tayyorladi