1. Sabzining asosiy vatani Afg’oniston hisoblanadi. Ammo tarixiy ma’lumotlarda eramizdan avvalgi minginchi yillarda ham O’rta Osiyoning boshqa hududlarida ham bu o’simlik mavjud bo’lgani haqida bitiklar bor.
2. Qadimiy misrliklar sabzini o’z davrida tibbiyot maqsadlarida ishlatishgan.
3. Yozishlaricha, o’n yettinchi asrga qadar sabzi siyoh rangida bo’lgan. Ba’zan u oq, qora rangda ham ko’zga tashlangan. Lekin o’sha davrlarda sabzining ifori ham, ta’mi ham bo’lmagan.
4. O’n ikkinchi asrga qadar Yevropada sabzi faqat otlarga yem sifatida berilgan. Keyinchalik ispaniyaliklar sabzini moy, uksus va tuz bilan birga iste’mol qila boshlashdi. Italiyada esa sabzi asalga aralashtirilgan holda iste’mol qila boshlandi.
5. Olovrang sabzini biz yerliklarga niderlandlar hadya etgan. O’shanda Niderlandiya shahzodasi Uilyam Oranjskiy bu rangni juda yoqtirgan. Mutaxassislar shahzodani xursand qilish maqsadida sabzining olovrang turini yetishtirishgan.
6. Sabzining organizmga juda foydasi katta. Dietologlar har bir odamga bir yilda 9 kilo sabzi iste’mol qilishni maslahat berishadi.
7. Sabzi qaynatilganda, tarkibidagi antioksidantlar miqdori kamida 30 foizga ortadi.
8. Ulug’ Vatan urushi davrida askarlarga odatiy choy o’rniga sabzili choy tarqatishgan. Nemislar esa o’z askarlariga sabzidan kofe tayyorlab berishgan.
9. Rossiya hayvonot bog’larida malla, olovrang quloqli mushuklar rangi yanada yorqin tus olishi uchun ularga kuniga bir-ikkitadan xom sabzi beriladi.
10. Amerikaning Kaliforniya shtatiga qarashli Xoltvil shaharchasi jahon sabzi markazi sanaladi. Har yil fevralda bu yerda sabzi festivali bo’lib o’tadi.
11. Dunyodagi eng uzun sabzini nottingemshirlik Jo Aterton yetishtirgan. Bu sabzining uzunligi 5, 84 metrga teng bo’lgan. Eng og’ir sabzi esa Alyaskada saqlanadi. Uning vazni 8, 61 kilo keladi.
12. Sabzi sharbati qon tomirlarni tozalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi