1. Kanareykalar aslida yevropaliklar tarafidan Kanar orollaridan olib chiqib, dunyoga tarqatilgan.
2. Yovvoyi tabiatdagi kanareykaga nisbatan qafasda saqlanadiganlari yirikroq bo’ladi.
3. Kanareyka uy sharoitida saqlana boshlagach, sayrashi yanada musiqiyroq tus olgan.
4. Ayrim kanareykalarning uzunligi 21-23 santimetrgacha yetadi.
5. Kanareyka ham xuddi to’tiqush kabi so’zlarni yod olish va odam tilida gapirish xususiyatiga ega.
6. Kanareyka faqatgina sariq emas, qizil, oq va boshqa ranglarda ham bo’lishi mumkin.
7. Agar kanareykaga tez-tez yoqimli bir musiqa qo’yib berib turilsa, u tez orada o’sha musiqani sayrash orqali takrorlay boshlaydi.
8. Dunyoda kanareykalar o’rtasida tanlov ham tashkil etib turiladi. Unda hakamlar qushlarning sayrashidagi musiqiylikka baho beradi.
9. Inqilobga qadar Rossiyada maxsus kanareyka yetishtiriladigan korxonalar mavjud bo’lgan.
10. Psixologlarning ishonch bilan aytishicha, kanareykaning sayrashi inson asab tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatarkan.
11. Kanareykalar o’rtacha 12-14 yil umr ko’radi.
12. Kanareyka yolg’izlikni ko’tara olmaydi. Agar jufti bo’lmasa, egasi bilan tez-tez tillashib turishi kerak. Aks holda erta o’lib ketadi.
13. Uyda kanareyka boqish kerak bo’lsa, qushga har kuni xonani aylanib uchishga imkon yaratish lozim.
14. Kanareyka mehribon xo’jayinlarni juda qadrlaydi. Uni o’rgatsangiz, qo’lingizdan ovqat yeyishi, uchib kelib yelkangizga qo’nishi va atayin siz uchun sayrab berishi ham haqiqat.
Olimjon HAYIT tayyorladi