1. Suvaraklar dunyodagi eng tez yuguradigan qumursqa hisoblanadi. Ular soatiga 6, 5 kilometr tezlikda chopa olishadi.
2. «Qora beva» deb nomlangan o’rgimchak turining zahri shaqildoq ilonnikidan ikki hissa ko’proq.
3. Odam aksa urganda, burun ichkarisidagi havo soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlanadi.
4. Yer yuzi aholisining uchdan ikki qismi hech qachon qor ko’rmaydi.
5. Aksar holatlarda o’g’il bolalar kunduzi, qiz bolalar kechasi tug’iladi.
6. Kun davomida odam umumiy vaqtning bir yarim soatini kiprik qoqishga sarflaydi.
7. Odam hayoti davomida jami 27 tonna ovqat yeydi. Buni bir joyga to’plasa, yettita filning vazniga to’g’ri keladi.
8. Odamning yuragi bir kecha kunduzda 100000 marotaba uradi.
9. Dunyodagi eng yosh buvi sifatida ruminiyalik lo’li Rifka Staneskuning nomi e’tirof etilgan. 11 yashar qizi sevgan yigiti bilan uydan qochib ketib, farzandli bo’lganda, Stanesku atigi 23 yoshda bo’lgan.
10. Har daqiqada organizmimizdagi 300 millionta to’qima o’limga yuz tutadi.
kadronline. ru
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit