Nyu-Yorkning «Tayms-skver»idagi mashhur shar 23 metr balandlikka ko’tarilgach, 246 ta shahar kommunal xizmatida ishlaydigan xizmatchilar jangovar tayyorgarlikda turishadi. Ular deyarli mumkin bo’lmagan ishni uddalashlari kerak — ya’ni xiyobon yuzida hatto bir dona ham konfet qog’ozi qolmasligi kerak.
«Papiros qoldiqlari, bayram shapkalari, ha, u yerdan nimalarni topmaymiz», — deya hikoya qiladi Nyu-York sanitariya Departamenti direktori Pol Viskonti. «Bu oson ish emas, gohida havo yomon bo’lib, qog’ozlar asfaltga yopishib ketadi».
Bu yil departament 30 ta mexanik cho’tka, 58 ta havo tozalagich, 44 ta chiqindi mashinasi va 58 ta oddiy supurgi bilan qurollanib olishdi.
Pol Viskontining so’zlariga ko’ra, Yangi yil tunida «Tayms-skver»ni tartibga solish uchun 12-16 soat kerak bo’ladi. Bayram boshlangunicha esa bu yerga 70 ta qo’shimcha chiqindi konteynerlari keltirib qo’yiladi.
«Xuddi shu taxlit o’tgan yili xiyobondan 50 tonna chiqindini yig’ishtirib olgandik. Buning o’zi bo’lmaydi», — deydi Viskonti.
Ozoda tayyorladi.