1. Quyosh immunitetning eng yaqin do’stidir. Organizm quyosh nuridan D vitaminini oladi. Immunitet bu vitamindan oqsil ishlab chiqaradi. Lekin quyosh nurini me’yordan ortiq qabul qilish ham zararli ekanini unutmaslik kerak.
2. Bizning organizmimizda mavjud xlor beshta kattakon basseynni dezinfeksiya qilishga yetadi.
3. Toshbaqaning ba’zi turlari kislorodsiz 10 soatgacha yashay oladi.
4. Vengriyaliklar juda ijodkor va yaratuvchan xalq. Masalan, sharikli ruchkani vengriyalik Laslo Biro o’ylab topgan.
5. Xitoydagi deyarli barcha axlat idishlar har kuni asosan bir marta ovqat yeyiladigan tayoqchalar bilan to’ladi.
6. Sportning basketbol turi Kanada milliy sport turi hisoblanadi.
7. Eronda agar qiz bolaning nomusi poymol qilinsa, mamlakat qonunlariga ko’ra bu jinoyatda qizning onasi ayblanadi.
8. Eronlik erkak uylana olmasa, ota-onasi olamdan o’tib ketgunga qadar o’sha uyda yashab qoladi. Mamlakatda bunday erkakni «na-mard» — «Erkak emas» deb atashadi.
9. Gretsiyada «Gippokrat daraxti» deb atalgan daraxt o’sadi. Aytishlaricha, Gippokrat shu daraxt ostida shogirdlariga tibbiyotdan dars bergan ekan.
10. «ManchineeI Tree» (Mansinella) daraxti dunyodagi eng xavfli daraxt hisoblanadi. U Karib dengizi sohillarida va Florida botqoqliklarida o’sadi. Agar daraxt tanasi inson tanasiga tegsa, tamom, o’sha joyida kuyish jarohati paydo bo’ladi. Sal o’tmay, yiringli pufakchalar ko’zga tashlana boshlaydi. Daraxtdan ajralib chiqadigan suv ko’zga tegsa, odamni ko’r qiladi. Bu daraxtning mevalari xuddi olmaga o’xshaydi. Ularni yesangiz, tanada kuyish jarohatlari paydo bo’ladi yoki shu kabi yoqimsiz yaralar toshib ketadi.
facts. ru
Olimjon HAYIT tayyorladi