1. Yer yuzidagi eng sekin o’suvchi daraxt sifatida Kanadada qad rostlagan Oq kedr daraxti e’tirof etiladi. U 155 yilda atigi 10 santimetrga o’sgani aniqlangan.
2. Dunyoda eng qattiq daraxt Shmidt qayini hisoblanadi. Uni na bolta bilan chopib, na o’q bilan teshib bo’ladi.
3. Braziliyada «Sutli so’rg’ich» degan daraxt bor. Uning tanasiga tig’ sanchsangiz, sut otilib chiqadi. Bitta shunday daraxt kuniga 4 litr sut beradi. Faqat uning sutini ichishdan oldin suv aralashtirib, qaynatib olinsa bas.
4. Yangi Gvineyada papuaslar erkaklari soqolni «Putyang» o’ti yordamida olishadi. Aytishlaricha, bu o’tning barglari juda qattiq va o’tkir ekan.
5. Suvda o’sadigan eng katta o’simlik «Amazon Viktoriyasi» o’simligi sanaladi. Uning bir dona bargi diametri 2 metrga teng va bu barg 50 kilogacha bo’lgan yukni ko’tara oladi.
6. Finlar qadimiy urf-odatga ko’ra, saunada tug’ilib, saunada rixlat qiladi. Finlyandiya bo’yicha hisoblansa, bir kishiga uch-to’rttadan sauna to’g’ri keladi.
7. Kofe ichimligi aspirin va paratsetamol dori vositasi ta’sirini bir necha hissa kuchaytirish quvvatiga ega. Dorini kofe bilan ichsangiz, oshqozon uni katta tezlikda eritish pallasiga kiradi.
8. Sezganmisiz, ayollar tosh yo boshqa narsani irg’itmoqchi bo’lsa, qo’lini yongamas, orqaga tashlab mo’ljal oladi. Shuning uchun armiyada ayollarga tankni portlatish vazifasi ishonib topshirishmas ekan.
9. Agar «Windows» tezkor tizimida yuz beradigan har bir xatolik uchun Bill Geyts jabrlanuvchilarga 1 dollardan tovon puli to’lasa, «Microsoft» korporatsiyasi uch yilda inqirozga yuz tutarkan.
10. Hozir mobil telefonlar zamoni. Lekin bizning miyamiz shu darajada ko’p elektron impulslar ishlab chiqaradiki, agar dunyodagi barcha mobil telefonlarni yig’sangiz ham shuncha impuls yarata olmaydi.
kratko-po-faktu. ru
Olimjon HAYIT tayyorladi