1. Kofe daraxti o’rtacha 60-70 yil umr ko’radi. Shakarsiz bir chashka qora kofe tarkibida bir gramm ham kaloriya bo’lmaydi.
2. Dunyodagi eng yirik qurbaqa «Qurbaqa goliaf» deb nomlanadi. Uning vazni 3 kilodan ortiq, uzunligi 90 santimetrga teng. Bu qurbaqa uch metr masofagacha sakray oladi.
3. Qadimda pingvinlar hozirgilaridan bir necha barobar yirik bo’lgan. Taxminan 37-45 million yil oldin «Anthropornis» deb nomlanuvchi pingvin yashagan. Pingvinning uzunligi 180 santimetr, vazni 90-100 kilo atrofida bo’lgan.
4. Maldiva orollariga spirtli ichimlik, cho’chqa go’shti va kolbasa olib kirish qat’iyan taqiqlanadi. Taqiqlovni buzganlar 500 dollar miqdoridagi jarimaga tortiladi.
5. Qizlar, ayollar o’rtasida qo’llardagi tirnoqlarni bo’yash amali dastlab Xitoyda paydo bo’lgan. Badavlat kimsalarning qizlari, rafiqalari uy yumushlaridan nari bo’lish uchun tirnoq o’stirishga zeb bergan. Ularga tirnoqni 25 metrgacha o’stirishga ruxsat berilgan.
6. Parijliklar itlarni shu qadar yaxshi ko’radiki, bu shaharda farzandga nisbatan itlar ikki hissa ko’proqni tashkil etadi.
7. Kubada yangi yil kirish arafasida uydagi barcha bo’sh idishlarni suvga to’ldirishadi. Yangi yil kirgach, gunohlar yuvilib ketishi uchun idishlardagi suvlarni tevarak atrofga sepib chiqishadi. Kubada yangi yil bayramiga «Qirollar kuni» deb nom berishgan.
8. Yashil kokosning ichidagi suyuqlikni tibbiyotda qon plazmasi ko’rinishida ishlatsa bo’ladi.
9. Dunyoda ilk qon quyish amali 1667 yili ado etilgan. O’shanda qo’yning 1 litr qoni bemor erkakka muvaffaqiyatli tarzda quyilgan.
10. Bagam orollarida suvosti aloqa bo’limlari faoliyat yuritadi.
hzbolshe. ru
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit