Xo’sh, o’ta bilimdon bo’lish uchun qaysi oyda tug’ilgan ma’qul?
Amerika olimlari yaqinda xuddi shu savolga javob topish maqsadida alohida tadqiqotlar tashkil etishdi. Ularni haqiqatan odam o’ta aqlli bo’lishi uchun qaysi oyda dunyoga kelishi lozimligi qiziqtirardi. Tadqiqotlarga 1994-2000 yillarda tug’ilgan bolalar taklif etildi. Izlanishlar davomida shu narsa ma’lum bo’ldiki, asosan, sentyabr oyida tug’ilganlar maktabda a’lo baholarga o’qish bilan birga mustaqil hayotda ham o’z o’rnini juda qisqa muddatda topib keta olarkan. Avgustda tug’ilganlar esa buning aksi ekan. Ular maktabda zo’rg’a qoniqarli bahoga o’qishi yetmagandek, hayotda foydali kasb-hunarni ham egallay olmay qiynalarkan. Ammo olimlar bir narsani ta’kidlashdi. Bu jarayon astrologiya bilan umuman bog’liq emas.
“segodnya.ua”